Bola terisining o'ziga xosliklari

Mundarija:

  • Yangi chaqaloq terisining o'ziga xosliklari
  • Yangi chaqaloq terisining o'zgarishi
  • Yangi chaqaloq terisining funksiyalari
  • Bolalar terisining ehtimoliy kasalliklari
Yangi chaqaloq terisining o'ziga xosliklari

Bolalar terisi kattalarnikidan farq qiladi: tuzilishining o'ziga xos xususiyatlari tufayli chaqaloq ko'p kasalliklarga moyilroq bo'ladi.Masalan, chaqaloqlarda yo'rgak toshmasi 2 yoshdan oshgan bolalarga va kattalarga qaraganda 20%1 ko'proq uchraydi.

Yangi chaqaloq terisining o'ziga xosliklari

Kattalarda bo'lgani kabi bolalar terisi ham ikki qatlamdan iborat: chuqur joylashgan dermis va uni qoplab turuvchi epidermis. U o'z navbatida 5 ta qatlamni o'z ichiga oladi: bazal, tikansimon, donador, yaltiroq va shoxdor. Bazal qatlamda hujayra bo'linishi sodir bo'ladi, u yerdan ular asta -sekin teri yuzasiga, ya'ni shoxdor qatlamiga o'tadi. Harakatlanar ekan, ular o'zgaradi: yadrolarini yo'qotadi va keratin to'playdi, so'ngra epidermis yuzasida shoxsimonlashgan po'stchalar qatlamini hosil qilib, butunlay nobud bo'ladi. Asta-sekin po'stloqchalar ko'chib, ularning o'rniga esa "ichkaridan" yangi hujayralar o'sib chiqadi.

Yangi chaqaloqlar terisida o'ziga xos xususiyatlar mavjud:

  • Epidermisda 3 ta qavat bo'ladi: bazal, tikansimon, va shoxdor. Qolgan qavatlar esa keyinroq, avval kaftlarda va tovonlarda, keyin esa tananing qolgan qismlarida shakllanadi.Shu sababli hujayralar kattalardagidek zich va tashqi ta'sirlarga chidamli bo'lishga ulgurmay, tezkorlik bilan terining yuqori qatlamiga o'tadi.
  • Dermis va epidermis orasidagi bog'liqlik mustahkam emas, shuning uchun yuqumli jarayonlar paytida pufakchalar yoki shishchalar osongina hosil bo'ladi.
  • Tug'ilgandan so'ng terining pH qiymati neytral bo'ladi, 2-3 oy o'tgandan keyingina u kislotali tomonga o'zgaradi, bu esa himoya xususiyatlarini oshiradi.
  • Bolalardagi yog' va ter bezlari shakllangan, lekin ularning faoliyatini tartibga soluvchi asab tizimining yetilmaganligi sabab ular unchalik ham faol ishlamaydi.Ter bezlarining faolligi past bo'lganligi sababli, ular ishlab chiqaruvchi terining himoya qatlami (lipid qatlami) juda yupqa bo'lib, tez-tez suvli muolajalar natijasida shikastlanadi. Natijada chaqaloq terisi namlikni tezroq shimib oladi. Suvda oz fursat turib qolsa ham chaqaloqlarning oyoqlari va kaftlarida burmalar paydo bo'ladi.
  • Teri bezlari chiqaradigan suyuqlikning bakteretsid xususiyatlari kuchsiz bo'lib bu mikroblarga qarshi chidamlilikning pastligini yana bir sababidir.
  • Buni hammasi immunitet va markaziy asab tizimining shakllanib ulgurmaganligi bilan birgalikda, kattalardagiga qaraganda kuchliroq kechuvchi allergik teri reaksiyalari uchun sharoit yaratadi.

Yangi chaqaloq terisining o'zgarishi

Tug;igandan so'ng 1 oy o'tib epidermisning barcha qatlamlari shakllanib bo'ladi, ularning qalinligi asta-sekin o'sib boradi. Shu sababli, teri endi u qadar ham "shaffof" emas, tomirlar ko'zga tashlanib turmaydi, uning rangi yangi tug'ilgan chaqaloqdagi deyarli qizildan och pushti ranggacha o'zgaradi. Terining pH qiymati kislotali tomonga o'zgaradi, mikroblarga qarshilik kuchayadi. Hayotning dastlabki yilida teridagi suv miqdori va tomirlar o'tkazuvchanligi kamayib boradi. Asta-sekin yog' va ter bezlari ishi iziga tushib oladi.

Yangi chaqaloq terisining o'zgarishi

Yangi chaqaloq terisining vazifalari

Yangi tug'ilgan chaqaloq tanasidagi teri kattalarniki kabi vazifalarni bajaradi, lekin uning anatomik va fiziologik xususiyatlarga bog'liq ba'zi farqlari bor.

  • Himoya funksiyasi yupqa mo'rt epidermis, uning derma bilan zaif aloqasi, terining neytral pH qiymati, yetarli bo'lmagan lipid qatlami va mahalliy immunitet sabab kuchsizroq bo'ladi.
  • Yangi tug'ilgan chaqaloq terisida nafas olish funksiyasi kattalarnikiga qaraganda yaxshiroq rivojlangan. Bu epidermisning yuqori o'tkazuvchanligi va dermisdagi qon tomirlarining ko'pligi bilan bog'liq. Kichkintoy tanasiga teri orqali kattalarga qaraganda 8-10 barobar ko'proq kislorod o'tadi2. Nafas olish funksiyasini saqlab qolish uchun terining toza bo'lishi juda muhim – har qanday kirlanishlar uning o'tkazuvchanligini pasaytiradi. Yuzada zich plyonka hosil qiladigan ko'plab maz va kremlar teriga kislorodning kirib kelishiga to'sqinlik qiladi, chaqaloq terisini parvarish qilish uchun mahsulot tanlashda buni e'tiborga olinishi kerak.
  • Terining singdirish funksiyasi ham yaxshi rivojlangan: kremlar, mazlar, tashqi foydalanish uchun aralashmalar tomirlar tarmog'i orqali tanaga tez singiydi.
  • Yangi tug'ilgan chaqaloq terisida ter va yog' bezlari orqali suyuqlik ajratish funksiyasi deyarli yo'q.Tug'ilish paytida shakllangan ter bezlari faqatgina 3-oyda, to'liq esa 3 yoshda ishlay boshlaydi3.
  • Yangi tug'ilgan chaqaloq terisining termoregulyatsion funksiyasi nomukammal bo'lib, ter bezlarining yetilmagan bo'lganligi tufayli bola osongina qizib va sovib ketadi.
  • Terining sintetik vazifasi – foydali moddalar, birinchi navbatda – bola tanasining o'sishi va tayanch-harakat tizimining to'g'ri shakllanishi uchun zarur bo'gan D vitaminini hosil qilish. Bu funksiya 3-4 xaftalarga borib to'liq shakllanadi.
  • Sezish funksiyasi terida joylashgan retseptorlari bilan bog'liq bo'lib, u chaqaloqning atrof -muhit bilan o'zaro ta'sirida muhim rol o'ynaydi.

Bolalardagi terining ehtimoliy kasalliklari

Sanab o'tilgan xususiyatlar tufayli yangi tug'ilgan chaqaloq terisi ma'lum kasalliklarga moyil bo'ladi. Uning yuzasida yoriqlar, qizarish, pufakchalar osonroq paydo bo'ladi, yuqumli jarayonlar tezroq rivojlanadi.Teri ko'p funksiyalarni bajaradi va uni sog'lom holatda saqlash, ehtimoliy kasalliklarni o'z vaqtida va to'g'ri davolash muhim ahamiyatga ega. Ota-onalar har doim ham yangi tug'ilgan chaqaloqdagi toshma yoki qizarish sababini mustaqil ravishda aniqlay olmaydilar, shuning uchun agar terining holati o'zgarsa, bolani pediatrga ko'rsatish maqsadga muvofiq.

Bolalardagi terining ehtimoliy kasalliklari

Yo'rgak toshmalari

Yo'rgak toshmasi – yangi tug'ilgan chaqaloqda tez-tez uchraydigan muammo. Ular ishqalanish va namlik ta'sirida kelib chiqqan yallig'lanish joylari bo'lib, shu boisdan ham teri burmalarida (qorin osti, dumba, qo'ltiq osti) va quloq orqasida paydo bo'ladi. Yengil darajali yo'rgak toshmasi chaqaloqning umumiy holatiga ta'sir qilmaydi va terini to'g'ri parvarish qilish va tabiiy davolanishni rag'batlantiruvchi hamda terida nafas oluvchi himoya qatlamini hosil qiluvchi maxsus malhamlarni qo'llash bilan bartaraf bo'ladi. Davolash bo'lmasa, Candida turkumi bakteriyalari yoki zamburug'lar keltirib chiqaradigan yo'rgak toshmalarining yuqumli asoratlari ehtimoli mavjud. Ular og'ir kechadi: qichishish, yara, yiring o'choqlari paydo bo'ladi, bolaning ahvoli yomonlashadi – u yomon uxlaydi, injiqlanadi.

Issiqlik toshmasi

Issiqlik toshmasi – bu yiringli bo'lmagan kichik toshma, ba'zida parvarishlash nuqsonlari tufayli paydo bo'ladi, ko'pincha burmalar va ishqalanish joylarida, ba'zan esa butun tanada uchraydi. Issiqlik toshmasi qichishish bilan birga kechadi lekin bolaning umumiy xotirjamligiga ta'sir qilmaydi va to'g'ri parvarish bilan bartaraf etiladi.

Eshak yemi

Eshak yemi – terining qizarishi, shishishi va ba'zida pufakchalar bilan kechuvchi allergik reaksiyasi. Tanada, yuzda, oyoq-qo'llarda o'zgarishlar paydo bo'ladi, toshma elementlari tutashib ketishi mumkin, ayniqsa teri burmalarida va mato bilan ishqalanish joylarida. Eshak yemi odatda o'tkir, tez namoyon bo'ladi va simptomlar kata sur'atda kuchayib, antiallergen dorilarni qo'llash bilan yo'qoladi. Eshak yemidan so'ng terida izlar qolmaydi.

Akne(yiringli toshma)

Yangi tug'ilganlardagi akne – bu tug'ilgandan keyingi dastlabki 3 xaftada paydo bo'ladigan husnbuzar toshmasi. Uning sababi – tug'ilishdan oldin onaning tanasida buyrak usti bezlari tomonidan ishlab chiqariladigan testosteron yoki kortikosteroidlarning ziyoda ko'payishi bilan bog'liq gormonal qayta moslashuvlar. Akne davolanishni talab qilmaydi va ko'pi bilan 2 hafta ichida, aksar hollarda bir necha kun ichida o'z-o'zidan o'tib ketadi.

Bullozli epidermoliz

Text:Tug'ma bullozli epidermoliz – teri oqsillarining ayrim nuqsonlari bilan bog'liq irsiy kasallik. Asosiy simptom – kichik mexanik ta'sir joyida pufakchalarning paydo bo'lishi.

Piodermiyalar

Piodermiyalar – bu barcha yiringli kasalliklarning nomlanishi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda ular tillarang stafilokok bilan ko'proq bog'liq, lekin boshqa mikroblar ham sabab bo'lib turadi. Birinchi oydagi go'daklarda pioderma terining zaif himoya xususiyatlaridan kelib chiqadi, ishqorli pH va yengil mikroshikastlanishlarning paydo bo'lishi vaziyatni og'irlashtiradi. Yallig'lanish soch follikullari atrofida rivojlanadi: terining qizarishi va qalinlashishi kuzatiladi, ko'p o'tmay u shaffof tarkibli pufakchaga aylanadi, keyinchalik tarkib loyqa yiringga aylanadi. 2-3 kundan keyin quruq qobiq paydo bo'lib, uning ostida asta-sekin tuzalish ro'y beradi.

Psevdofurunkulez

Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda to'yib ovqatlanmaslik (distrofiya) yoki og'ir kasalliklar, ya'ni og'ir immunitet tanqisligi bo'lsa, psevdofurunkuloz yoki ko'p sonli go'daklarga xos yiring o'choqlari bo'lishi mumkin. Tana, oyoqlarning orqa qismida, ensa qismida yiringli katta teri osti tugunchalari hosil bo'ladi.Psevdofurunkulozni davolash uchun antibiotiklar zarur, ba'zida esa jarrohlik aralashuvi talab etiladi.
Har bir kasallikni davolash usullari har xil, shuning uchun to'g'ri tashxis qo'yish va to'g'ri dori vositalarini tanlash juda muhimdir.

CH-20230622-82