Bolani oziqlantirish paytida ko'krak nima uchun og'riydi?

Mundarija:

  • Og'riq – har doim ham tashvishlanish uchun sabab emas
  • Mammologga ko'rinish vaqti kelganini qanday bilish mumkin?
  • Og'riqni qanday chetlab o'tish mumkin?
Bolani oziqlantirish paytida ko'krak nima uchun og'riydi?

Bola dunyoga kelganda, ko'krak suti uning to'liq rivojlanishi uchun zarur bo'lgan barcha ozuqa moddalarni olishga yordam beradi1. Ba'zida yangi tug'ilgan chaqaloqning onasi muammoga duch keladi: bolani ovqatlantirishda ko'krak og'riy boshlaydi. Emizish qulay bo'lishi uchun og'riq paydo bo'lishi sabablari va uni qanday yengillashtirish mumkinligini tushunish kerak.

Og'riq – har doim ham tashvishlanish uchun sabab emas

Ko'krak uchi yorilishi – ko'krak uchi markazdan uning chekkasiga(areola) sari yoyilgan chiziqli jarohatlar. Ular yakka yoki ko'plab, turli chuqurliklarda, bir yoki birdaniga ikkala sut bezida bo'lishi mumkin. Yoriqlar emizayotganda yoki shunchaki ko'krak uchiga teginganda yaqqol seziluvchi og'riqlar bilan kechadi. Jarohatlar qancha chuqur bo'lsa, og'riqlar shuncha qattiq bo'ladi. Ba'zida yoriqlardan rangsiz suyuqlik yoki qonli sariqsuv oqishi mumkin. Infeksion asoratlar davomida qizarish ortib boradi, yaralardan yiringli oqindi ajraladi – infeksiyalangan yallig'lanish rivojlanadi.

Agar emizishda onaning ko'kragi og'riyotgan bo'lsa, bu tabiiy sabablarga bog'liq bo'lishi mumkin2:

  • • Bola tug'ilganidan keyin sut bezlari sut ishlab chiqara boshlaydi. Birdaniga kelgan sut oqimi ko'krakda yoqimsiz hislar uyg'otadi: sanchiq, botish yoki taranglik. Laktatsiya jarayoni bir necha oy ichida tartibga kelib oladi. Bu davrda sut oqimi ta'sirida paydo bo'luvchi og'riqlar tabiiy hisoblanadi. Ularni yengish uchun, bolani ko'proq ko'krakka tutib turish kerak.
Лечение опрелостей
  • • Ko'krak va ko'krak uchining nozik terisi sekin-asta emizishga moslashib boradi. Dastlabki paytda ko'krak uchlarida kichkina yoriqchalar paydo bo'lib, onani og'riqlar bezovta qilishi mumkin. Bunday muammoni hal qilishning "xalq usullari" orasiga shikastlanishlarga o'z sutini surtib olish kiradi, mutaxassislar esa bitkazuvchi kremlardan, lanolindan foydalanishni tavsiya qiladilar. Ko'krak uchlari yorilishini davolash uchun Bepanthen® Mazidan foydalanish mumkin. Uning tarkibiga tabiiy lanolin3 va provitamin B5 kiradi. Maz emizikli onalar uchun mos bo'lib, nozik terining jarohatlardan tiklanishida yordam beradi4.

Agar yoriqlar chuqur bo'lib, ularga teginish esa juda og'riqli kechsa, davolash uchun shifokorga murojaat qilish lozim. Faqat shundan keyingina emizishni davom ettirish mumkin. Yoriqchalarning asosiy sabablari quyidagilardir: chaqaloqning ko'krak uchini noto'g'ri olishi, sut sog'ishning noto'g'ri texnikasi, uzoq vaqt davomida bittta ko'krakdan emizish, emizishning keskin to'xtatilishi va boshqalar5.

Mammologga ko'rinish vaqti kelganini qanday bilish mumkin?

Ko'krakdagi og'riq davolanishi zarur bo'lgan muammolarning alomati bo'lishi mumkin. Emizikli onalardagi asosiy muammolardan biri – laktostaz - sut bezlari yo'llarida sutning turib qolishi2. Buning sabablari bir qancha:

Mammologga ko'rinish vaqti kelganini qanday bilish mumkin?
  • Sut bezlari bola emayotganidan ko'proq sut ishlab chiqaradi;
  • sut bezi emizish paytidagi ezilish yoki qattiq so'rish natijasida shikastlanadi;
  • ona emizishni birdaniga yakunlaydi va boshq.

Laktostazda ayol ko'krakda zichlikni his qiladi, taranglik paydo bo'ladi, tana harorati ko'tarilishi mumkin6. Agar laktostaz vaqtida davolanmasa, laktatsion mastit rivojlanib ketishi mumkin. Mastit ko'krak uchi yoriqlari va jarohatlariga bakterial infeksiya tushganida yuzaga keladi. Bunda harorat ko'tariladi, holsizlik hissi paydo bo'ladi, emizish yengillik keltirmaydi7. Laktatsion mastitni ginekolog, pediatr yoki shifokor-mammolog nazorati ostidagina davolash zarur. U konservativ terapiya yoki kasallik darajasiga qarab operatsion aralashuvni tanlashi mumkin.

Agar ayol bolasini emizayotganida ko'kragi og'risa, bir yoki ikkala ko'krak qafasida sanchiq va sanchiqsimon harakatlar bo'lsa, bezovtalikning sababi juda kamdan-kam hollarda vazospazm bo'lishi mumkin (Reyno sindromi)8. Ba'zida vazospazmda ko'krak uchlarining rangi o'zgaradi: qonning qochishi tufayli ranggi oqarib yoki ko'karib ketadi. Patologiyaning aniq sabablari no'malum. Mammolog-shifokor yoki akusher-ginekolog bolaning onasi uchun individual davolashni tanlashga yordam beradi.

Noxush hislar, ko'krak uchlaridagi achishish, yupqa oqish qatlam kandidoz alomatlaridir9. Kasallik nafaqat ona balki bola uchun xaflidir, chunki uning immun tizimi hali infeksiyalarga qarshi kurashishga tayyor emas. Bola og'iz bo'shlig'ining zararlanishi boshqa noxushliklarga sabab bo'lishi mumkin, shu bois davolash o'z vaqtida bo'lishi kerak. Shifokor zamburug'ga qarshi vositalar tayinlaydi, kasallik qaytalanishi oldini olish to'g'risida tushuntirish beradi.

Agar ko'krakdagi og'riq yuqori harorat bilan kechsa, iloji boricha tezroq mutaxassisga uchrash kerak.

Og'riqni qanday chetlab o'tish mumkin?

Emizish – ona-bola uchun muhim jarayon. U faqat quvonch olib kelishi va iloji boricha foydali bo'lishi uchun10, shifokorga muntazam ko'rinib turish va quyidagi profilaktika choralarini ko'rish tavsiya etiladi:11:

  • Bolani emizishning to'g'ri texnikasini o'zlashtirish;
  • emizishda chap va o'ng ko'krakni navbati bilan tutish;
Og'riqni qanday chetlab o'tish mumkin?
  • sutni qo'lda yoki sut so'ruvchi uskunada ehtiyotkorlik bilan sog'ish;
  • munosib qulay ich kiyim kiyish;
  • shaxsiy gigiyenaga amal qilish, ammo terini jarohatdan saqlash uchun ko'krak gigiyenik muolajalarini me'yordan oshirmaslik;
  • sovuq yemaslik, stressli holatlarni oldini olish.

1. Fursev. V.I. Homiladorlikni rejalashtirish, tug'ishga tayyorgarlik va laktatsiya davrida ayolning ovqatlanishi// Sibir tibbiy almanaxi. 2010. №6. 1-13 s.

2. Bekarova A.M. Laktatsiyadagi sut bezi: parvarish, profilaktika, davolash. Tibbiy kengash 2013. №8. – 69-71 s.

3. Maz tarkibidagi yordamchi moddalar.

4. Yo'rgak toshmalari va yoriqlarga qarshi Bepanthen® mazi – yo'riqnoma, qo'llanilishi, qarshi ko'rsatmalar. https://www.bepanthen.ru/preparaty/deti/bepanthen-maz-ot-oprelostej/

5. Averina V.I. Laktatsiya davrida ayollardagi ko'krak uchi yoriqlarini oldini olish va davolash // Tibbiy kengash. 2014. 132-136 s.

6. Guseynov A.Z., Milkevich I.N., Guseynov T.A. Laktostazni davolashdagi zamonaviy yondashuvlar // Yangi tibbiy texnologiyalar darakchisi. 2014. № 4. 76-80 s.

7. ustotina O.A. Rossiyadagi 642 nafar tug'ruqdan keyingi onalarda laktatsion mastitni davolash tajribasi. Xalqaro tavsiyalar bilan qiyosiy tahlil // Akusherlik va ginekologiya arxivi. V.F. Snegireva. 2015. №2(2). 42-47 s.

8. Alekperov R.T. Reyno sindromi multidissiplinar muammo sifatida // Klinik tibbiyot almanaxi. 2014. №35. 94-100 s.

9. Saxaruk N.A., Kozlovskaya V.V. Kandidoz: etiologiyasi, klinik ko'rinishi, diagnostikasi, davolash. Vitebsk: VDMU, 2010 31-97 s.

10. Gmoshinskaya M.V. Laktatsiyaga ta'sir ko'rsatuvchi faktorlar// Zamonaviy pediatriya masalalari. 2013. №12(2). 139-141 s.

11. Travina M.L., Popov A.G., Popov S.A., Kulikova E.V. Sut bezi ko'krak uchlarining tug'ruqdan keyingi erta davrdagi profilaktikasi. Zamonaviy pediatriya masalalari. 2017. №4. 297-303 s.

CH-20230622-82