Yo'rgak toshmalari profilaktikasi
Mundarija:
- Bolalarda yo'rgak toshmalari paydo bo'lishining sabablari
- Yo'rgak toshmalari profilaktikasi va parvarishi qoidalari
- Profilaktika vositalari
Yo'rgak toshmalari yo'rgak dermatiti deb ham atalib, chaqaloqlarda juda keng tarqalgan. Ular, asosan terining burmalarida va kiyim yoki taglikka ishqalanadigan sohalardagi yallig`lanishga nisbatan aytiladi. Yo'rgak toshmalari chaqaloqlarga noqulaylik tug'diradi, shuning uchun bolani parvarish qilishning oddiy qoidalariga rioya qilgan holda, yo'rgak dermatiti paydo bo'lishining oldini olgan yaxshiroqdir. Agar yo'rgak toshmasi paydo bo'lsa, infeksiya tushishini oldini olish va asoratlarning rivojlanishiga yo'l qo'ymaslik uchun ularni o'z vaqtida davolashni boshlash kerak, chunki keyin ulardan qutulish ancha qiyin bo'ladi1.
Bolalarda yo'rgak toshmalari paydo bo'lishining sabablari
Yo'rgak toshmalari ikkita asosiy sabab - yuqori namlik va ishqalanish tufayli paydo bo'ladi. Shuning uchun ko'pincha bolalarda bo'yin, dumba, chov, qo'ltiq osti, katta yoshli ayollarda esa - sut bezlari osti sohasidagi teri burmalari ko'proq zararlanadi. Bu sohalarda havo o'tmaganligi tufayli namlik to'planib, mahalliy immunitet buziladi va mikroblarning ko'payishi uchun qulay muhit yaratiladi.
Ular terida doimo bo'ladi, lekin odatiy sharoitda ular muammo tug'dirmaydi, terining himoya funksiyalari zaiflashganda ular infeksion jarayonlarni keltirib chiqaradi. Ishqalanish vaziyatni og'irlashtiradi: terining yuqori qatlamlari shikastlanadi, bu qizarish va shishga olib keladigan yallig'lanishni keltirib chiqaradi2.
Yo'rgak toshmasi bolalarda terining o'ziga xosligi tufayli ko'proq uchraydi. Yuqori shox parda qatlami hali juda nozik, oson shikastlanadi va kattalardagidek tashqi ta'sirlardan ishonchli himoyani ta'minlamaydi. Yetilmagan yog' bezlari yetarlicha samarali ishlamaydi, shuning uchun teri yuzasidagi himoya lipid qatlami zaif bo'ladi. Bu qatlam suv bilan tez -tez aloqa qilishi natijasida buziladi: bola har kuni cho'miltiriladi, har bir najasdan keyin yuvintiriladi. Sovun ham lipid qatlamini shikastlab, terining himoya vazifalarini pasaytiradi. Mikroblar uchun zararli kislotali pH, bolaning terisida faqat 2-3-oyda hosil bo'ladi, bundan oldin ishqoriy bo'ladi, shuning uchun chaqaloqlarda bu himoya omili ishlamaydi1.
Emizikli go'dak ko'pincha beshikda yotadi, qo'llari va oyoqlarini silkitib, boshini qimirlatadi. Ushbu oddiy harakatlar paytida teri burmalarida ishqalanish paydo bo'ladi va bu o'z navbatida yo'rgak dermatitini keltirib chiqaradi. Yonbosh bilan yotishi tufayli quloq orqasidagi terida ishqalanish paydo bo'ladi - u yerda yo'rgak toshmasi odatda juda yosh chaqaloqlarda paydo bo'ladi. Chov sohasida va dumba qismida najas va siydik bilan tez -tez aloqa qilish terining yallig'lanish ehtimolini oshiradi, chunki hamma tagliklar ham terini quruq ushlab turadigan darajada suyuqlikni yaxshi singdirmaydi. Bundan tashqari, siydikda terini qo'zg'atuvchi ammiak mavjud, u buyraklar organizmdan chiqarib tashlaydigan oqsil almashinuvining normal mahsulotidir. Najas tarkibida ham teri bilan uzoq vaqt aloqa qilganda teriga zarar yetkazadigan fermentlar mavjud. Ajralma ishqoriy pH ga ega, bu ham yallig'lanishni yuzaga keltiradi3.
Yo'rgak toshmalari profilaktikasi va parvarishi qoidalari3,4,5
Agar chaqaloqning terisi to'g'ri parvarish qilinsa, to'g'ri sifatli kosmetika va tagliklar ishlatilsa, yo'rgak toshmasi paydo bo'lish ehtimoli sezilarli darajada kamayadi. Chaqaloqning terisini sog'lom saqlash uchun amal qilinishi kerak bo'lgan bir nechta oddiy qoidalar mavjud:
- Har bir xojatdan keyin bolani yuvintirish yoki terini xavfsiz o'simlik ekstraktiga ega, lekin spirtsiz va xushbo'ylashtirgichsiz nam salfetka bilan tozalash kerak;
- Har qanday suv muolajasidan keyin terini ishqalamasdan quritish kerak: qog'oz sochiq yoki paxta mato bilan yumshoq artish yetarli. Qog'oz sochiqlar ma'qulroq - ular ancha gigiyenik va chaqaloq terisiga shikast yetkazmaydi;
- Chaqaloq uchun muntazam ravishda havo vannalarini qabul qilish muhim. Kiyim, yo'rgak va taglik tagida yo'rgak toshmalarining asosiy sabablari - ishqalanish va namlik muqarrar ravishda paydo bo'ladi, havo vannalari ular bilan kurashishga yordam beradi;
- Bolaga terisi ishqalanmasligi uchun tabiiy matodan va choklari tashqi tomondan tikilgan kiyimlarni kiydirish ma'qulroq;
- Ortiqcha namlik bo'lmasligi uchun tagliklar sifatli va suyuqlikni yaxshi singdiruvchan bo'lishi kerak. Ularni muntazam ravishda almashtirish muhim (kamida har 2-3 soatda va kechasi bir marta) - hatto tagliklar namlikni yaxshi singdirsa ham, ammiak va boshqa qo'zg'atuvchi xususiyatiga ega mahsulotlar teriga ta'sir qiladi;
- Taglik har safar almashtirilganda, himoya vositalarini ishlatish kerak - bu asosan teri yuzasida najas va siydik bilan aloqa qilishni oldini oluvchi himoya qatlamini hosil qiluvchi malhamlardir. Ular taglikka tegadigan teri sohasiga yetarlicha qalin qatlamda surtiladi.
Profilaktka vositalari
Dorixonalarda va bolalar do'konlarida yo'rgak toshmalarining oldini olish uchun mahsulotlarning katta tanlovi mavjud, ular sifati va samaradorligi bilan farq qiladi. Sotib olishdan oldin mahsulot tarkibini diqqat bilan o'rganishingiz va bola uchun xavfsizligiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Bolalarning nozik terisi kattalar terisiga nisbatan o'tkazuvchanroq, shuning uchun unga faqat ma'lum mezonlarga javob beruvchi mahsulotlarni surtish juda muhim.
Ularda parabenlar, sintetik konservantlar, xushbo'ylashtirgichlar va bo'yoqlar bo'lmasligi maqsadga muvofiqdir.
Teridagi ortiqcha namlik bilan kurashish uchun cho'milayotganda suvga ba'zi giyohlarning damlamasini qo'shish yoki margantsovkaning (kaliy permanganat) kuchsiz eritmasidan foydalanish mumkin. Ittikanak va eman po'stlog'i terini quritadi va uning himoya xususiyatlarini tezlashtiradi, moychechak, qoncho'p va qichitqi o't yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega. Kerakli giyohlarning tayyor to'plamlarini dorixonadan xarid qilish mumkin. Giyohlar allergiyaga olib kelishi mumkinligini hisobga olsak, cho'milishdan avval ularni sinab ko'rish tavsiya etiladi: teriga giyoh qaynatmasini surting va kuting - agar qizarish paydo bo'lsa, demak bu to'plamdan foydalanmaslik kerak. Har bir giyoh turini alohida ishlatish yaxshi, agar giyoh aralashmasi tayyorlansa, qaysi komponent sababli reaktsiya paydo bo'lganini aniqlash qiyin bo'ladi.
Teri namligining ko'payishi bilan kurashish uchun ko'pincha mineral yoki o'simlikdan kelib chiqadigan kukunsimon moddalar aralashmasi bo'lgan sepmalar ishlatiladi. Sepmalarning asosiy tarkibiy qismlari kartoshka, guruch yoki makkajo'xoridan olinadigan talk yoki kraxmaldir. Ba'zida kukunlarga o'simlik ekstraktlari qo'shiladi6. Sepmalardan foydalanish pediatrlarning muhokamasiga saba bo'lmoqda, chunki ularning tarkibini tashkil etuvchi kukunsimon moddalarni nafas orqali yutib yuborish xavfi haqida fikrlar bor5. Bundan tashqari, sepmalar teri burmalarida tez to'planadi, terining qolgan qismi esa nam bo'lib qoladi.
Shuning uchun, pediatrlar, chaqaloq uchun xavfsizligi va ko'plab ijobiy ta'sirlari tufayli, malham shaklidagi vositalarni ma'qulroq deb hisoblaydilar. Shunday qilib, shunga o'xshash vositalar
- Teri yuzasida namlik va boshqa zararli omillardan himoya qilish uchun qatlam hosil qiladi;
- Terini namlaydi va oziqlantiradi, tashqi ta'sirlarga chidamliligini oshiradi;
- Ishqalanishni kamaytirib terini silliqlaydi.
Taglik osti vositalari to'siqli deb ataladi, chunki ular teri va tashqi muhit o'rtasida ishonchli to'siq yaratadi, shu bilan birga havoning kirishiga to'sqinlik qilmaydi. B5 provitaminini (dekspantenol) o'z ichiga olgan kremlar va malhamlar yaxshi himoyaviy ta'sir ko'rsatadi. Ushbu komponent teriga singib, pantoten kislotasiga (B5 vitamini) aylanadi. Pantoten kislotasi sof shaklda dori-darmonlarda deyarli qo'llanilmaydi, chunki u beqaror, organizmda oson parchalanadi va teri orqali yaxshi singimaydi7.
B5 vitamini terida quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- Hujayralarning bo'linishini tezlashtiradi, terining yuqori qatlamini (epidermis) tiklaydi va shikastlangan joyni tabiiy bitishini tezlashtiradi;
- Terining himoya xususiyatlarini oshirib, almashinuv jarayonlarni tezlashtiradi;
- Yallig'lanish bilan kurashadi;
- Teri yuzasida himoya lipid qatlamini hosil qiluvchi lipidlar hosil bo'lishini oshiradi;
- Terini elastik va yumshoq qiladi.
Yuqori sifatli himoya mahsulotlarida bo'yoqlar, iforlar, sintetik konservantlar va bola, ayniqsa, yangi tug'ilgan chaqaloq uchun xavfli bo'lishi mumkin bo'lgan boshqa moddalar mavjud emas. Tabiiy gipoallergen tarkibi tufayli bunday mahsulotlar tug'ilishi bilan bolalarda yo'rgak toshmalarining oldini olish uchun mos keladi. Ularni har safar taglikni almashtirishda qo'llash mumkin1.
Sinalgan himoya vositasiga misol - Bepanthen® malhami, u tarkibida tabiiy lanolin ko'pligi tufayli teri yuzasida uning nafas olishiga to'sqinlik qilmaydigan zich himoya qatlamini hosil qiladi.
Bepanthen® malhami ham profilaktik (chaqaloqning sog'lom terisida), ham davolash maqsadlarida (sezilarli qizargan terida) ishlatilishi mumkin. Bu terining himoya funksiyasini va uning tabiiy yangilanishini tezlashtiradigan tabiiy ingredientlar tufayli amalga oshadi.
Agar alomatlar kuchaysa va qizarish ortsa, shifokorga murojaat qiling. Vaziyatning yomonlashuvi infeksion asoratlarning rivojlanishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin, ular ko'pincha og'ir kechadi va jiddiy davolanishni talab qiladi. Bunday muammolarga yo'l qo'ymaslik uchun yo'rgak toshmalarining paydo bo'lishini kutmasdan, yo'rgak toshmalarining oldini olish bo'yicha tavsiyalarga amal qilish va Bepanthen® malhamidan muntazam foydalanish muhim ahamiyatga ega2.
1. Vasilevskiy I.V. Yangi tug`ilgan chaqaloqlar va emizikli yoshdagi bolalarda teri parvarishini optimallashtirish // Xalqaro sharhlar: klinik praktika va salomatlik. - 2015. - №1. -5-18 b.
2.Kotlukov V.K., Kuzmenko L.G., Antipova N.V. Pediatr amaliyotida «Bepanthen®» seriyasi tashqi dermatologik vositalari // Tibbiy maslahat. - 2012. - № 5. – 81-85b.
3. Zaxarova I.N., Pshenichnikova I.I., Machneva Ye.B. Yangi tug`ilgan chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalarda terini to`g`ri parvarishlash: pediatr nimalarni bilishi kerak. Consilium Medicum. Pediatriya (Ilova). 2016; 1.
4. Bokova T.A., Maslikova G.V. Bolalarda yo'rgak dermatitini oldini olish ‑ «PEDIATR AMALIYOTI» davolashga oid yondashuvlar; sentyabr; 2016; 42-44 s.
5. Federal klinik tavsiyalar. Dermatovenerologiya 2015: Teri kasalliklari. Jinsiy yo'l bilan o'tuvchi infeksiyalar. – 5-nashr, – M.: Деловой экспресс, 2016. – 341-s.
6.Tlish M.M. «Dermatologiyada tashqi terapiya» : o'quv-uslubiy qo'llanma,Krasnodar, KubDTU DBTM OKT, Rossiya Sog'liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vazirligi, 2011.– 33-s.
7.Ebner F., Heller A, Rippke F, Tausch I. Topical use of dexpanthenol in skin disorders. Am J Clin Dermatol. 2002;3(6):427-33.