Bepanthen® malhami va krem orasida qanday farq bor?
Bepanthen® ikki xil dori shaklida chiqariladi - krem va malham. Ikkala preparat mahalliy qo'llash uchun mo'ljallangan, lekin sotib olish vaqtida hisobga olinishi kerak bo'lgan bir qator farqlarga ega.
Preparatlar tarkibi
Bepanthen® kremi tarkibi | Bepanthen® malhami tarkibi |
---|---|
Ta'sir etuvchi modda: | |
Dekspantenol | Dekspantenol |
Yordamchi moddalar: | |
Lanolin (bir grammda 13 mg) | Lanolin(bir grammda 250 mg) |
Stearil spirti | Stearil spirti |
Tozalangan suv | Tozalangan suv |
DL-pantolakton | Protegin X |
Fenoksietanol | Asalari mumi |
Kaliy setilfosfati | Yumshoq va suyuq parafin |
Propilenglikol | Bodom yog'i |
Izopropilmiristat |
Kremning malhamdan asosiy farqi - lanolinning miqdoriy tarkibi1. Bu moddaning kelib chiqishi tabiiy: u tarkibi bo'yicha odam teri bezlarining sekretiga maksimal yaqinlashtirilgan. Lanolinning asosiy xususiyati - o'tkazuvchanlik, buning hisobiga terining ishonchli himoyasi yaratiladi va havo almashinuvi buzilmaydi. Yana bir muhim alohida xususiyat - lanolinning yuzaki qoplam hosil qilishi va burmalar joylarida terining ishqalanishiga to'sqinlik qilishi. Bu shikatlanish va dermatit rivojlanishi xavfini kamaytiradi2.
Tarkibida lanolinning har xil miqdori tufayli Bepanthen® kremi va malhami turlicha xususiyatlarga ega. Krem ko'p bo'lmagan miqdordagi lanolinni o'z ichiga olgan va emulsiya «suvdagi moy» ko'rinishida. Buning hisobiga preparat teriga tez singadi va uni faol namlantiradi.
Bepanthen® malhami tarkibida quyidagi xususiyatlarga ega bo'lgan lanolinning miqdori 20 baravar ko`proq3:
- teri yuzasida himoya qoplamini hosil qiladi, u terining shikastlanishi va qurub ketishidan saqlaydi;
- asosiy ta'sir etuvchi modda - dekspantenolning yanada chuqurroq kirib borishini ta'minlaydi;
- terida yuqumli jarayonlar rivojlanishini oldini oladi.
Bepanthen® malhami ham, kremi ham teriga oson suriladi, ularni yuvib tashlash kerak emas, ular o'z tarkibida zararli tarkibiy qismlar saqlamaydi va har kuni qo'llanilishi mumkin.
Qay birini tanlash kerak: krem yoki malham?
Krem va malhamni qo'llash sohalari bir xilligini hisobga olgan holda, hattoki shifokorlar har doim ham kerakli preparatni buyurishmaydi. Bu ikkala shakl ham terining barcha muammolarini, ba'zilaridan tashqari, bartaraf qilish uchun foydalanilishi mumkin.
Teri quruqligini bartaraf qilish uchun ko'proq Bepanthen® Krem to'g'ri keladi. U atopik dermatitda, psoriaz, ekzema va boshqalarda quruqlikni kamayishiga yordam beradi. Krem terining quruqligi va qichishishini kamaytirishga yordam beradi, bu bilan tashqi teri qatlamining holatini yaxshilaydi va sog'liq uchun salbiy oqibatlar oldini oladi.
Bepanthen® Malham yo'rgak toshmalari va yo'rgak dermatitini davolash uchun mo'ljallangan. U kichik kuyishlar, qichishish va yoriqlar bitishida ishtirok etadi.
Bepanthen® kremini qo'llash usuli
Bepanthen® Krem kattalarda shilinishida va yoriqlarida, shuningdek bolalar terisi quruqligida qo'llanilishi mumkin. Agar vositadan har kuni foydalanilsa, krem teri quruqligining profilaktikasida yordam beradi2, shuningdek bor bezovtalikni ham bartaraf etadi. Kremni terining har qanday qismlariga surish mumkin, shu jumladan yuzga ham.
Krem faqat tashqi qo'llash uchun ruxsat etiladi. U sutkasiga 1-2 marta yupqa qilib terining shikastlangan joyiga suriladi.
Bepanthen® malhamining qo'llanilish usuli
Qo'llash bo'yicha yo'riqnomaga asosan, Bepanthen® malhamini quyidagi vaziyatlarda ishlatish mumkin:
- yangi tug'ilgan chaqaloqlarda yo'rgak dermatiti va yo'rgak toshmalarini davolashda;
- ko'krak suti bilan emizish davrida so'rg'ichlarning quruqligi va yoriqlarini davolashda;
- terining quruqligini profilaktika qilish va davolash maqsadida;
-
qirilish, kichkina shilinishlar, yaralar va yotoq yaralar natijasida teri shikatlanganda uning qayta tiklanish jarayonlarini rag'batlantirish uchun.
Preparatni kuniga bir yoki ikki marta terining muammoli qismiga surish yetarli. Malham namlik yo'qolishiga to'sqinlik qiladigan himoya qoplamining hosil bo'lishiga ko'maklashadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar suyuqlik yo'qotilishiga juda sezuvchan, terin esa o'z hajmining4 17% suvdan tashkil topgan. Lanolin namlikni saqlab qolishga yordam beradi va teri qatlamlarini terining taglik yoki yo'rgakga tegib turadigan joylarini mexanik ta'sirdan himoya qiladi2. Agar vosita taglik tagiga ishlatilsa, uni har safar taglikni almashtirgandan so'ng ishlatish mumkin. So'rg'ichlarga malham har safar emizgandan so'ng suriladi.
Bepanthen® Malham ham davolash ham profilaktika maqsadida qo'llash mumkin. DU BSMM RTFA tomonidan o'tkazilgan tadqiqot shuni aniqladiki, 40ta bolada Bepanthen® malhamini har kuni qo'llaganda, birortasida ham dermatit holati kuzatilmagan. 22 nafar boladan tashkil topgan nazorat guruhida boshqa ishlab chiqaruvchilarning asosi dekspantenol bo'lgan malhamlaridan foydalanilgan. Ularda 10ta holatda taglik dermatiti aniqlangan edi. Bundan tashqari, shu guruhda 4 nafar bolada malham surilgan joyda allergik reaksiyalar belgilari kuzatildi, bir vaqtning o'zida Bepanthen® malhamini qo'llagandan keyin esa nojo'ya ta'sirlar bo'lmadi5. Tadqiqotchilar buni boshqa preparatlarda teriga salbiy ta'sir qiladigan konservantlar va sintetik to'ldiruvchilar borligi bilan bog'laydi3.
Adabiyotlar
1. Malham tarkibidagi yordamchi modda
2. Kotlukov V.K., Kuzmenko L.G., Antipova N.V. Pediatr amaliyotida «Bepanthen®» seriyasi tashqi dermatologik vositalari // Tibbiy maslahat. - 2012. - № 5. – 81-85b..
3. Vasilevskiy I.V. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va emizikli yoshdagi bolalarda teri parvarishini optimallashtirish // Xalqaro sharhlar: klinik amaliyot va salomatlik. - 2015. - №1. -5-18 b.
4. Sokolovskiy Ye.V. Teri va tanosil kasalliklari: tibbiyot oliygohlari talabalari uchun o'quv qo'llanma.– Spb.: Foliant, 2008, 520 b.
5. asik G.V., Akoyev Yu.S. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar terisini parvarishlashda D-pantenol asosli turli vositalarning klinik samaradorligi Consilium medicum. Ilova // Pediatriya. 2004. №6 (2).
CH-20230622-82