Kuyishlani davolash
Mundarija:
- Kuyishlarning tasniflanishi
- Og'irlik darajasi
- Kuyishdagi birinchi yordam
- Kuyishda nima qilish tavsiya qilinmaydi?
- Qaysi shifokorga borish kerak?
- Kuyishlarni davolash
- Kuyishlarni bitishi uchun "Bepanthen® Plyus"
Hamma hayotida hech bo'lmaganda bir marta kuygan1: issiq tovani ushlab olish, plyajda kuyish, xavfli o'simlik yoki meduzaga teginish va hokazo. Odatda, bunday maishiy shikastlanishlar beparvolik, bexabarlik yoki e'tiborsizlik natijasidir. Kichik jarohatlarni mustaqil yengish mumkin, lekin ba'zi hollarda shifokor yordamisiz uddalash ilojsiz. Ushbu maqolada biz qanday kuyishlar borligi, shifokorga shoshilinch murojaat qilish kerakmi yoki faqat uyda birinchi tibbiy yordam to'plamidagi ishonchli vositadan foydalanish yetarli yoki yo'qligini qanday tushunish mumkinligi, shuningdek to'g'ri davolanish va terini parvarish qilish haqida so'z yuritamiz.
Kuyishlarning tasniflanishi
Kuyish – bu issiq narsalar va suyuqliklar, issiq bug', kimyoviy moddalar, elektr toki bilan ta'sirlashish natijasida va boshqa sabablar bilan terining shikastlanishi. Kuyishning yuzaki yoki chuqurligiga, shikastlanishga nima sabab bo'lganiga qarab o'rinli birinchi yordam va keyingi davolanish sxemasi tanlanadi.
Shuning uchun kuyish turlari haqida tasavvurga ega bo'lish kerak.
Sabablarini hisobga olgan holda kuyish quyidagi turlarga bo'linadi2:
Termik – ular yuqori harorat ta'sirida ro'y beradi. Bunday holatlar ko'pincha maishiy sharoitlarda sodir bo'ladi – masalan, olov, issiq suyuqlik, cho'g'langan narsa yoki bug' ta'siri natijasida. Ulardan kelib chiqadigan zarar yengil va yuzaki ham, juda og'ir ham bo'lib, sog'lik va hayotga tahdid solish ehtimoli mavjud.
- Kimyoviy – ular turli moddalar sabab kelib chiqadi. Uy sharoitida bunday turdagi kuyishlar odatda o'z ichiga kislota yoki ishqor olgan qorishmalar tomonidan yuzaga keladi. Bu mashinani tozalash yoki texnik xizmat ko'rsatish uchun kimyoviy moddalar, yuvish vositalari yoki pishirishda ishlatiladigan sirka kislotasi bo'lishi mumkin.
- Elektrik – maishiy texnika bilan noto'g'ri ishlash natijasida teriga, yumshoq to'qimalarga va organlarga tok ta'sir etganda yoki asboblar "qisqa tutashsa", simlarga yoki ochiq kontaktlarga tegganda paydo bo'ladi. Bu turdagi yengil kuyish terining sirt qatlamining ozroq shikastlanishi bilan kechadi. Ammo ancha jiddiyroq holatlar ichki organlarga ta'sir qiladigan va ularning faoliyatini buzadigan keng va chuqur jarohatlarga olib kelishi mumkin.
- Nurlarga oid – ko'proq teriga uzoq muddat va izchil ultrabinafsha nurlari ta'sirida yuzaga keladi. Masalan, ultrabinafsha indeksi yuqori bo'lgan quyosh qovjiratayotgan yoki shezlongda dam olayotgan paytda undan kuyishga olib kelishi mumkin. Biroq, bunday kuyishlar odatda yuzaki bo'lib, nisbatan oson davolanadi. Nurdan kuyishning yana bir, ancha xavfli manbasi – ionlashtiruvchi nurlanishdan radiatsion shikastlanish.
- Aralash – bir nechta shikastlovchi omillar ta'sirida hosil bo'ladi.
Kuyishlar shikastlanish o'rni bo'yicha ham farq qiladi:
- terida;
- shilliq qavatda;
- nafas yo'llarida;
- ichki a'zolarda.
Og'irlik darajasi
Kuyish og'irligi shikastlanishning chuqurligiga bevosita bog'liq. 4 daraja mavjud bo'lib3, ularning har biri ma'lum alomatlar bilan tavsiflanadi.
I-daraja
Kuyish terining sirtki qatlamlariga ta'sir qiladi. Qizarish, yengil shish, kuchli yoki o'rtacha og'riq va mahalliy isitma bilan birga kechadi. Shuningdek, harakatlanayotganda noqulaylik his Qilinishi mumkin. Masalan, agar qo'l yoki barmoqlar jabrlangan bo'lsa, ularni qimirlatishga urinishda yoki kuygan joyga teginganda og'riq kuchayadi. Birinchi darajali kuyish oddiy davolash bilan kattalarda 2-3 kun, bolalarda 3-5 kun ichida izsiz o'tib ketadi.
II-daraja
Terining chuqur qatlamlari jabrlanadi va suyuqlikli pufakchalar paydo bo'ladi. Ularning atrofida yallig'lanish paydo bo'ladi; pufak olib tashlanganda uning o'rnida har xil o'lchamdagi ivigan yaralar paydo bo'lishi mumkin. II-darajali shikastlanishlar shish va qizarish bilan kechadi. Bunday kuyish bilan odam achchiq og'riqni boshdan kechiradi, bir muncha vaqt u uyquga va normal hayot kechirishga xalal berishi mumkin. Teri tuzalar ekan pufakcha yuzasi to'kiladi va yara joyida po'st hosil bo'ladi.
III-daraja А
Teri juda chuqur shikastlangan, kuyish joyida qo'tir - kulrang-jigarrang po'st hosil bo'ladi. U hosil bo'lgunga qadar og'riq o'tkir, chunki shikastlanish terining asab tolalariga o'tgan bo'ladi. Ta'sirchanlik sust, qayta tiklanish juda sekin kechadi va ko'pincha teri ko'chirish talab qilinadi. Kuyish kasalligining rivojlanish xavfi ortadi.
III-daraja B
Qaytarib bo'lmaydigan shikast nafaqat teriga, balki teri osti to'qimalariga ham o'z hukmini o'tkazadi.
IV-daraja
Terining va uning ostidagi to'qimalarning o'ta kuchli qorayib kuyishi, mushaklar va suyaklar shikastlanadi.
Birinchi yordam ko'rsatish va keyingi harakatlarni rejalashtirishda kuyishning og'irligi yagona yo'naltiruvchi omil bo'la olmaydi. Masalan, bir qarashda yengil birinchi darajali shikastlanishlarda, shikastlanishning maydoni katta bo'lib, kuyish kasalligi rivojlanishi mumkin va uni davolashni mustaqil ravishda amalga oshirish mumkin emas. Bu holat ichki a'zolar va barcha tana tizimlarining faoliyatini buzilishi bilan tavsiflanadi. Kuchli va katta sohadagi kuyishlar uchun davolash va parvarish faqat shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.
Kuyishdagi birinchi yordam
Maishiy yengil kuyishlar uchun birinchi yordam ko'rsatish qoidalarini ko'rib chiqamiz.
Kichik sohadagi I-darajali termik kuyish – barmoqdagi, qo'ldagi va boshqalar.
- Yuqori harorat ta'sirini darhol to'xtatamiz;
- Qaynayotgan suv, bug' yoki issiq narsa sabab kuyish sodir bo'lsa, og'riqni ketkazish uchun terining zararlangan joyini qaynatib sovutilgan suv bilan yuvib tashlanadi;
- Kombinatsiyalangan vosita suramiz (dezinfeksiyalovchi va tuzatuvchi).
II-darajali termik kuyish
- Yuqori harorat ta'sirini darhol to'xtatamiz;
- Kombinatsiyalangan vosita suramiz (dezinfeksiyalovchi va tuzatuvchi).
- Steril bog'lama qo'yamiz. Infeksiyani istisno qilish uchun uni har kuni o'zgartirib turish kerak.
Sirka tindirmasidan kuyish
- Yarani oqayotgan toza suv bilan yuvamiz;
- Sirka tindirmasi ta'sirini zararsizlantirish uchun soda, sovun yoki kul aralashmasini suramiz. Ularning hammasi – ishqorlar, kislota uchun antidot.
- Tuzatuvchi va og'riq qoldiruvchi ta'sirga ega vositani ochiq usulda yoki steril bog'lama ostida qo'llaymiz.
Agar ko'z kuyishi sirkadan bo'lsa, tez yordam chaqiring; bu holda "neytralizatorlar"ni mustaqil ishlatish mumkin emas.
Yoddan kuyish
- Yod tekkan teri sohasini oqayotgan sovuq suv bilan yuvamiz;
- "Neytrallashtiruvchi" vosita sifatida tish pastasi, maydalangan bo'r, tish yuvish kukuni, shakar yoki sovunli aralashmadan foydalanamiz;
- Agar zarurat bo'lsa tuzatuvchi preparatlarni qo'llang.
Kuyishlarni yod bilan davolash uyda o'tkazilishi mumkin, chunki zarar ko'pincha birinchi darajali bo'ladi. Ammo agar allergiya belgilari bo'lsa yoki zarar katta hududga yoyilgan bo'lsa, shifokorga ko'rinish kerak.
Tok urishidan yengil kuyish (I-darajadagi)
- Elektr ta'siridan halos bo'lamiz. Jabrlanuvchiga yordam ko'rsatayotgan odam o'zining xavfsizligiga ishonch hosil qilishi kerak.
- Antiseptik bilan teriga ishlov beramiz;
- Yarani tuzatuvchi krem suramiz.
Kuyish terida mayda iz qoldirgan bo'lsa ham, shifokorga ko'rinish shart. Agar shikastlanish yuqori kuchlanish oqimi tufayli yuzaga kelsa va uning shikastlanishi keng va chuqur bo'lsa, tez tibbiy yordam chaqirish kerak.
Gulpar o'simligidan kuyish5
- O'simlik suvi tekkan joyni matoga shimdiramiz, suvni teriga surtmagan holda;
- Zararlangan joyni quyoshdan to'samiz, agar iloji bo'lsa yopiq binoga kiramiz;
- Sovunli yoki sodali aralashma bilan yuvamiz;
- Antiseptik bilan ishlov beramiz;
- Yarani tuzatuvchi vosita suramiz.
Keyinchalik gulpar ta'sirida kuyish maxsus vositalar bilan davolanishni va allergolog kuzatuvini talab qilishi mumkin.
Meduzadan kuyish6
- Zudlik bilan dengiz suvidan chiqamiz;
- Agar meduza yoki uning bo'laklari tanada qolib ketsa, qo'llarni qo'lqop yoki hech bo'lmaganda sochiq bilan himoya qilib, ularni teridan olib tashlaymiz;
- Kuygan joyni antiseptik bilan yuvamiz; spirtli eritmalardan foydalanish mumkin;
- Iloji bo'lsa, soda eritmasiga botirilgan paxtali tampon bilan shimdirma qilamiz;
- Agar pufakchalar paydo bo'lsa, toza, nam bog'lama qo'yib, tibbiyot muassasasiga boramiz.
Meduzadan kuyishda malhamni faqat shifokor tayinlashi kerak. Zarar kichik bo'lsa ham, asoratlarni oldini olish uchun meduzadan kuyishda maxsus davolash kerak bo'lishi mumkin.
Agar har qanday turdagi kuyish terining, shilliq pardalarning, ko'zlarning va nafas yo'llarining katta maydoniga zarar yetkazgan bo'lsa, shuningdek, shikastlanish og'ir yoki bola shikastlangan bo'lsa, shoshilinch tibbiy yordam zarur.
Kuyganda nima qilish tavsiya qilinmaydi
- Pufakchali kuyishlarni davolashda, masalan, barmoq yoki qo'ldagi pufakchani uyda ochish maqsadga muvofiq emas – teshish va qobig'ini olib tashlash uchun shifokorga murojaat qilish yaxshiroq. Uning ostida nam yara bo'lishi mumkin va unga patogen bakteriyalar osongina kirib, yallig'lanish va boshqa asoratlarni keltirib chiqaradi.
- Kuyish birinchi darajali bo'lsa ham kir qo'llar bilan shikastlangan teriga tegmang. Yarani davolaydigan vositani qo'llashdan oldin yoki bog'lamani almashtirishda qo'llarni yuvish va antiseptik bilan ishlov berish kerak.
- Shikastlangan joyga qo'shimcha sovuq urishni keltirib chiqarmaslik uchun muz parchalari, sovuq metal yoki muzli suvni qo'llamang. Bunday harakatlar vaqtinchalik va qisqa muddatli yordam berishi mumkin, lekin keyin og'riq faqat kuchayadi. Noqulaylikni bartaraf qilish uchun kuygan terini toza, salqin, lekin juda sovuq bo'lmagan suv bilan yuvishingiz mumkin.
- Shaxsiy xavfsizlik haqida qayg'urmasdan turib birinchi yordam ko'rsatolmaysiz. Agar inson elektr yoki kimyoviy kuyish paytida yordamga muhtoj bo'lsa, bu qoida ayniqsa muhimdir.
- Keng tarqalgan "xalqona" urf-odatlaridan farqli o'laroq, shikastlangan joyni yog' yoki yog'li preparatlar bilan yog'lamang – ular shikastlangan joyda "plyonka" hosil qilishi sababli zararlanish darajasini oshirishi mumkin.
- Antiseptikli ishlov berish uchun tarkibida alkogol bo'lgan moddalarni ishlatish tavsiya etilmaydi – ular qo'shimcha kuyishga sabab bo'lishi, og'riqni kuchaytirishi, shikastlangan terini quritishi, qayta tiklanishni buzishi mumkin.
Kuyganda qaysi shifokorga uchrash kerak
Agar I-darajali terining yengil kuyishi bo'lsa, poliklinika shifokoriga murojaat qilish mumkin. Agar jarohatlar II-darajali bo'lsa, jarroh yoki travmatologiya shifokori yordam berishi mumkin.
III-IV-darajali kuyishlarni davolaydigan shifokorlar – kombustiologlar. Ularga "og'ir" qurbonlar, kuyish kasalligi va boshqa asoratlari bo'lgan bemorlar yo'naltiriladi. Tuman poliklinikasida kombustiologni topish juda qiyin, odatda bu toifadagi shifokorlar katta yoki ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida ishlaydi.
Kuyishlarni davolash
Maishiy kuyishlarni davolash quyidagilarga qaratilgan:
- Infeksiya tushishidan himoya;
- Normal tiklanishga ko'maklashish;
- Diskomfortni ketkazish.
Kichkina (I-darajali) kuyishlarni mahalliy davolash uy sharoitida retseptsiz beriluvchi yaxshi preparatlar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Pufakchalar paydo bo'luvchi II-darajali termik kuyishlarda quyidagi usullar qo'llaniladi:
- Ochiq
Ochiq usulda toza havoning doimiy ta'minlanishi kuygan terining tabiiy qurishi va oson tuzalishiga imkon beradi. Bu uslubning kamchiligi – infeksiya yuqtirishning ancha yuqori xavfi. Bundan tashqari, shikastlangan joyga teginish, ishqalanish va boshqa mexanik ta'sirlar tiklanishni sekinlashtirishi va noqulaylik tug'dirishi mumkin. - Yopiq
Yopiq usulda, masalan, pufakchalarni davolashda, kuyish joyiga davolovchi vosita bilan namlikni yutuvchi steril bog'lamalar qo'llaniladi. Ular yaralardan ajratilgan suyuqlikni shimadi va ikkilamchi jarohat olish va infeksiyalardan himoya qiladi. Bog'lamani davomiy almashtirib turish zarur. Kuyishni davolashning yopiq usuli ko'pincha tananing harakatlanuvchi yoki terining kiyim bilan ta'sirlashuvchi qismida qo'llaniladi. Yopiq usulning kamchiliklari bog'lamalarning og'riq berishi va vositalarning nisbatan yuqori sarfi hisoblanadi7. - Aralash
Ochiq va yopiq usullar butun davolanish davri davomida bir vaqtning o'zida ishlatilishi mumkin, Ochiq usul jabrlanuvchi dam olishi mumkin bo'lganda tanlanadi va kuygan yara mexanik stressga duch kelmaydi (tegish, kiyimni ishqalash, cho'zish). Bog'lama qo'yish yarani infeksiyadan va keraksiz bezovtlanishdan, masalan, agar odam faol harakatlanishi kerak bo'lsa, himoya qilishga yordam beradi.
Kuyish paytida asorat sifatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan yallig'lanishni davolash uchun ba'zida antibakterial preparatlar va terining kuygan joyiga qo'shimcha ishlov berish buyuriladi. Bitish bosqichida zararlangan hududga mexanik ta'sirni kamaytirish kerak – shunda tiklanish kamroq vaqtni oladi va yara izsiz tuzaladi. Bu davrda qayta tiklanishni qo'llab-quvvatlaydigan va antiseptik ta'sir ko'rsatadigan maxsus vositalardan, masalan, Bepanthen® Plyus kremidan foydalanish maqsadga muvofiq,
"Bepanthen® Plyus" teri kuyishlarini bitishi uchun
Maishiy kuyishlarni uyda yaralarni davolash vositalari yordamida davolash mumkin. Bularga terining mayda shikastlanishlari uchun Bepanthen® Plуus kremi kiradi8. Undagi xlorgeksidin bakteriyalarni o'ldiradi va infeksiyani oldini oladi, shu bilan yallig'lanish va asoratlar xavfini kamaytiradi. Krem tarkibidagi Provitamin B5 terining tabiiy yangilanishiga hissa qo'shadi.
Bundan tashqari, "Bepanthen® Plyus" ning muhim xususiyati sovutish effekti bo'lib, buning natijasida og'riq kamayadi va odam o'zini yaxshi his qiladi. Shu tufayli Bepanthen® Plyus Krem chaqaloq yoki o'smirlar onalari uchun tengsiz yordamchiga aylanadi.
Yengil tuzilishga ega krem osongina so'riladi, qo'llar va kiyimlarga dog' tushmaydi. Bu bog'lamali yoki ochiq uslubdagi surtishlar uchun mos keladi. Bunday vosita uy, sayohat yoki bolalarga birinchi tibbiy yordam to'plami uchun zarurdir, chunki kattalar ham, bolalar ham terini tiklash, yengil maishiy kuyishdan himoya qilishi va tiklanishni tezlashtirish uchun Bepanthen® Plуus-dan foydalanishlari mumkin.
Xulosa
Shuni esda tutish kerakki, bizning hayotimizda ko'pincha yengil kuyishlar sodir bo'lib, ularning asosiy sababi esa ovqat tayyorlashda, tozalash vositalari bilan tozalashda va maishiy texnikadan foydalanishda ehtiyotsizlik va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslikdik. Shuning uchun bunday shikastlanishlarning oldini olishning eng yaxshi usuli – ehtiyotkor va diqqatli bo'lish.
1. ВОЗ, http://www.who.int/mediacentre/factsheets/fs365/ru/
2. «Kuyishlar va muz qotishlar», I.V. Mixin.Yu.V. Kuxtenko, Volgograd davlat tibbiyot universiteti, Volgograd, 2012.
3. «Kuyishlar va muz qotishlar», I.V. Mixin.Yu.V. Kuxtenko, Volgograd davlat tibbiyot universiteti, Volgograd, 2012.
4. Kuyishlar. Birinchi yordam qo'llanmasi. https://med.wikireading.ru/9794
5. Nielsen, C., H.P. Ravn, W. Nentwig and M. Wade (eds.), 2005 The Giant Hogweed Best Practice Manual. Guidelines for the management and control of an invasive weed in Europe. Forest & Landscape Denmark, Hoersholm, 44 pp.
6. Birinchi yordam va reanimatsiya bo'yicha xalqaro qo'llanma. Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyatlari Federatsiyasi, Jeneva, 2016 - 107-109 -betlar.
7. «Umumiy xirurgiya», Petrov Sergey Viktorovich, SPb, «Лань» nashriyoti, 1999.
8. Yaralarni davolashning dastlabki bosqichlaridayoq foydalanish mumkin. Yaralarni davolash: o'quv qo'llanmasi: M., 2004.
CH-20230622-82