Kosmetik muolajalardan so`ng terining tiklanishi
Mundarija:
- Epilyatsiya
- Depilyasiya
- Yuz pilingi
- Yuzni tozalash
- Kosmetik muolajalardan so'ng Bepanthen® plyus qo'llanilishi
Teri - bu bizning tabiiy himoya to'sig'imiz. U tashqi muhitning salbiy omillari bilan muntazam ravishda to'qnash keladi. Bunga yosh bilan bog'liq o'zgarishlar, yashash sharoitlari va kasb-kor, ovqatlanish, ichimlik suvi va havo sifati ta'sir qiladi. U o'z vazifalarini to'liq bajarishi va mexanik, kimyoviy ta'sirlarga va ko'plab mikroorganizmlarga qarshi tura olishi uchun unga muntazam parvarish kerak. Uydagi muolajalar har doim ham yetarli emas va biz dermatokosmetologlarga murojaat qilamiz.
Epilyasiya va depilyasiya, har xil turdagi pilinglar, yuz terisini tozalash va silliqlash – parvarishlashning talab kuchli bo'lgan muolajalaridan.
Afsuski, bunday manipulyatsiyalar biroz bo'lsa-da, teriga shikast yetkazadi. Bunda ustki qatlam, epidermis shikastlanadi. Yallig'lanish jarayonlari rivojlanishi ehtimoli mavjud, ular bezovtalik, qichishish, qurshash, shish va boshqa noxush alomatlar bilan kechadi. Terining tiklanishi uchun muayyan vaqt kerak. Uni kosmetik muolajalardan so'ng terini parvarish qilish qoidalariga rioya qilish orqali qisqartirish mumkin. Ulardan asosiylarini tasvirlab o'tamiz.
Epilyasiya
Epilyasiyaning har xil turlari bor. Ularning barchasi tukni tomiri (follikul) bilan olib tashlashni nazarda tutadi. Natijada teri bir necha oy va hatto yillar davomida silliq bo'lib qoladi. Muolajalar samarali, lekin ularning o'ziga xos xususiyatlari va kamchiliklari bor.
- Elektroepilyasiya. Yaqin vaqtgacha bu eng mashhur muolaja edi. Bu past kuchlanishli elektr tokining soch ildizlariga ta'siridan iborat. Soch o'sish zonasiga ingichka elektrod kiritilib, u orqali elektrik impuls beriladi. Bunday tok darajasi follikulalarni parchalash uchun yetarli. Kamchiliklari: og'riq, terida chandiq paydo bo'lish xavfi.
-
Fotoepilyasiya. U maxsus chiroq – ma'lum quvvat va to'lqin uzunligidagi yorug'lik manbai yordamida amalga oshiriladi. Tuk follikulasi fototermik ta'sir natijasida o'ladi. Kamchilik: kuyishlar paydo bo'lish xavfi.
-
Lazerli epilyasiya. Har xil lazerlar qo'llaniladi (masalan, to'lqin uzunligi va quvvati bilan farq qiladigan aleksandrit, diod yoki neodim), follikul deyarli kuydiriladi. Kamchiliklari: muolajani ma'lum vaqtdan keyin takrorlash kerak, chunki follikulalarning hammasi ham bir vaqtning o'zida faol fazada bo'lmaydi va lazer ularga ta'sir qilmaydi, anchagina qimmat, lazer ko'proq pigment bo'lgan to'q rangli tuklarga yaxshiroq ta'sir qiladi, terining qizarishi va kuyishlar ehtimoli mavjud. Shunday bo'lsada xavfsizlik va samaradorlikning uyg'unligiga ko'ra bu usul eng maqbulidir.
-
Elos epilyasiya. Elektr va lazer energiyasi ta'sirini birlashtiruvchi apparat metodikasi. Elektrli kabi og'riqli emas, ayni paytda ham och, ham to'q rangli tuklarni to`padi . Kamchiliklari: eng qimmat muolajalardan biri.
-
Enzimatik epilyasiya – maxsus fermentlarni teri ostiga yuborish orqali sochlarni ildizi bilan yo'q qilish. Keyin esa preparat ta'sirini kuchaytirish uchun teri plyonka ostida yoki ultratovush yordamida qizdiriladi.
Epilyasiyani qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar quyidagilar:
- homiladorlik,
- teri kasalliklari,
- ba'zi dori vositalarini qabul qilish (qon ivishiga ta'sir qiluvchi vositalar, antibiotiklar va boshqalar),
- epilepsiya,
- vositalarga nisbatan individual ko'tara olmaslik.
Epilyasiya "xamirdan qil sug'urganday" o'tishini ta'minlash va teri bezovtaligi yoki yallig'lanishini keltirib chiqarmaslik uchun quyidagi ehtiyot choralarini ko'rish kerak:
Epilyatisyaga qadar:
- Kuyish va pigmentli dog'lar xavfini kamaytirish uchun ikki hafta davomida quyoshda toblanmang.
- Tuklarni yulmang va mumli depilyasiya qilmang (boshqa turdagi tukni yulish ko'rinishlarini ham).
- Jarayon oldidan epilyasiya rejalashtirilgan joydagi tuklarni qiring.
Epilyatisyadan so'ng:
- Dezodorantlar, yog'li krem va boshqa faol kosmetik vositalardan foydalanmang..
- Hech bo'lmaganda 1-2 kun davomida sauna, hammom, hovuzga bormang.
- 3 kungacha jismoniy faollikni kamaytiring.
- Dastlabki 3 kun ichida kislotali yoki mexanik pilinglardan foydalanmang.
- Soch o'sishini sekinlashtiradigan mahsulotlardan foydalaning.
- To'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlaridan saqlaning (tuklarni lazer bilan olib qurutgandan so'ng bir oy quyoshda toblanish tavsiya etilmaydi) va pigmentatsiya paydo bo'lishining oldini olish uchun quyoshdan saqlovchi vositalardan foydalaning.
Muolajadan so`ng terini parvarish qilish
- Jarayon oxirida terini dezinfeksiya qilish infeksiya ehtimolini va yallig'lanish xavfini kamaytiradi.
- Namlantiruvchi krem yoki gel bezovtalik, qichishishni ketkazishga yordam beradi va ko'pincha qurigan va quruq terida yuz beruvchi tuklarning ichga o'sishini oldini oladi..
- Foto- yoki lazerli epilyasiyadan so'ng pantenolli vositalardan foydalanishingiz mumkin.
- Choy daraxti yoki evkaliptdagi efir moylari shikastlangan terini tinchlantirishga yordam beradi.
- Soch yo`nalish bo`yicha o`sishi uchun muntazam ravishda yumshoq piling va massaj qilib turish kerak.
Depilyasiyaning epilyasiyadan farqi shundaki, tuklar ildizsiz chiqariladi, ya'ni faqat teridan yuqorida o'suvchi qismi. Bu shuni anglatadiki, 2-3 kundan keyin ular yana o'sishni boshlaydi. epilyasiyadan farqli o'laroq, depilyasiya deyarli hech qanday qo'llashga qarshi ko'rsatmalarga ega emas, faqat terining shikastlanishi va epilyasiya sohasidagi dermatologik kasalliklarning kuchayishi bundan mustasno, shuning uchun uni uy sharoitlarida ishlatish mumkin.
-
Qirish, kremlar, losyonlar surtish.Kamchiliklari – qisqa muddatli samara, tig' jarohatlari, tuklarni ichga qarab o'sishi, yallig'lanish va tirnalish.
-
Mumli depilyasiya – teriga iliq mum surtiladi, so'ng sochlarni olib tashlash uchun maxsus parchalar qo'llaniladi.Kamchiliklari – og'riqli, tuklarning ichkariga o'sishi.
-
Shugaring – muayyan konsentratsiyali shakarli qorishma vositasida tuk yulish. Kamchilik: agar texnika noto'g'ri bajarilsa, soch ichkariga qarab o'sishi mumkin.
Depilyasiyadan keyin terini parvarish qilish bo'yicha umumiy tavsiyalar epilyasiyadan keyingi tavsiyalar bilan bir xil. Bundan tashqari, mum yoki shugaring yordamida amaliyot bo'layotganda bajarilish texnikasiga rioya qilinishini kuzatib borishingiz kerak. Ehtimoliy allergik reaksiyalarni aniqlash uchun yangi krem yoki losyonni terining kichikroq sohasida tekshirish kerak.
Yuz pilingi
Doimiy piling yuz terisini epidermisning yuqori (muguz qavat) qatlamidan tozalashga imkon beradi, chunki o'lik hujayralarning tabiiy to'kilishi yosh o'tgani sari sekinlashadi. Bu terining yangilanishiga, nafas olishiga va to'g'ri ishlashiga imkon beradi. Ayni paytda yuz yanada tetik va parvarishlangan ko'rinishga ega bo'ladi. Pilingning har xil turlari mavjud1.
Ta'sir turiga ko'ra bunday amaliyotlar terini maxsus asbob bilan silliqlash kabi fizik (mexanik), qolaversa kimyoviy bo'ladi.
Pilingdan keyin terini parvarish qilish nuqtai nazaridan amaliyotlarning chuqurlik darajasi bog`liqdir. Darajalar:
-
Ustki – eng "yumshoq", epidermisning faqat muguz (shoxdor) va donador qatlamiga ta'sir qiladi. Haddan tashqari pigmentatsiya va teri yog'liligining ortishida, ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun akne va husnbuzarsimon toshmalar uchun tavsiya qilinadi.
-
O'rta – butun epidermisni qamrab oladi. U mimik ajinlar chuqurligini kamaytirish, shuningdek terining cho'zinchoqligini va burmalar hosil bo'lishini kamaytirish uchun ishlatiladi. Plastik jarrohlikdan oldin tayyorgarlik bosqichi sifatida ham ishlatiladi.
-
Chuqur – statsionarda o'tkaziladi, jarrohlik aralashuvlariga yaqinroq, agressiv amaliyot hisoblanadi. U lifting va chuqur ajinlarni bartaraf qilish uchun ishlatiladi.
Yuzni tozalash
Uy sharoitida, yuzning terisini tozalash har doim ham kerakli natijani bermaydi, agarda uning xususiyatlarida yog' miqdorining yuqoriligi bo'lsa. Bu holatda professional tozalashni amalga oshiruvchi mutaxassis bilan bog'lanishingiz kerak. Bundan tashqari, u piling kamchiliklarini to'ldirib ketadi.
Jarayonning maqsadi – poralarni mexanik yoki uskuna yordamida tozalash, terini oziqlantirish, namlash, qora nuqtalarni yo'q qilish va past-balandliklarni silliqlash, donadorlashib ketgan qatlamni tulatish. Tozalash quyidagicha bo'lishi mumkin.
-
Mexanik (qo'lda) – yiringli toshmalar va komedonlarni, shu jumladan chuqur joylashganlarini ham, olib tashlashning eng samarali usuli. Yog'li va aralash teriga mos keladi.
-
Uskunali– ultratovush yoki vakumli piling, qon aylanishini va limfa o`tqazuvchanligini rag'batlantiradi, teshiklarni tozalaydi va terini uqalaydi. Yuzning ham normal, ham yog'li turlarga mos keladi.
Tozalashdan oldin amaliyot ta'siri maksimal bo'lishi uchun terini tayyorlash kerak. Ushbu tayyorgarlik quyidagilarni o'z ichiga oladi: pardozni "yechish" va skrab bilan yaxshilab tozalash, bir kun oldin va ertalab terini tetiklashtirish. Quruq teri uchun oziqlantiruvchi niqob tayyorlash maqsadga muvofiq bo'ladi. Muolaja oldidan teri bug'ga tutiladi va antiseptik bilan ishlov beriladi.
Tozalashdan keyin teri tiklanib olinishi kerak. Agar yuzni tozalashdan keyin parvarish qilishning barcha qoidalariga rioya qilingan bo'lsa, bu odatda 3 kun ichida amalga oshadi.
Mexanik tozalashdan keyingi parvarish alohida e'tibor talab qiladi, chunki teri shikastlanadi, yaralar, yallig'lanish va qizil dog'lar paydo bo'lishi mumkin. Agar yaralardan biriga infeksiya tushgan bo'lsa, toshma paydo bo'lishi ham mumkin.
Kosmetik muolajalardan so'ng Bepanthen® plyus qo'llanilishi
Yuz terisini tozalash, piling va boshqa kosmetik muolajalardan keyin parvarish qilishning umumiy jihatlari ko'p. Har qanday holatda ham terini namlantirish, infeksiyadan himoya qilish va yaralarni davolash kerak.
Bu vazifalarning hammasini Bepanthen® plyus – krem ko'rinishidagi dekspantenol (provitamin B5) asosli preparat uddalaydi. Terining tiklanish jarayonini stimullovchi B5 provitaminini epidermis shikastlanishi bilan kechuvchi kosmetik muolajalardan so'ng qo'llash mumkin. Teriga qo'llanganda, dekspantenolning pantoten kislotasiga aylanishi tufayli terining tabiiy ichdan yangilanishi boshlanadi, hujayralar yangilanishi rag'batlantiriladi, kollagen tolalarining mustahkamligi oshadi va yallig'lanish jarayonlarining rivojlanishi bostiriladi. Provitamin B5 tufayli shikastlangan teri asl holatiga qaytadi, bu ko'plab klinik tadqiqotlar bilan tasdiqlangan, Yevropa sifat standartlariga qat'iy rioya qilish va butun dunyo bo'ylab uzoq muddatli foydalanish tajribasi bilan kafolatlangan.
Bundan tashqari, Bepanthen® plyus kremining o'ziga xos xususiyati shundaki, uning tarkibida mikroblarga qarshi ta'sir doirasi keng bo'lgan va nafaqat bakteriyalarni, balki bir qator zamburug'lar va viruslarni ham yo'q qiluvchi antiseptik xlorgeksidin mavjud. Xlorgeksidin tez ta'sir qilib va terining yuzasidan ichkariga qarab so'rilmasdan, shoxdor qatlamda to'planib o'ziga xos antiseptik rezervuarini hosil qiladi hamda mikroblarga qarshi ta'sirini davomiy saqlab turadi.
Shunday qilib, B5 provitamin va xlorgeksidinning noyob kombinatsiyasi tufayli Bepanthen® Plyus kremi epidermis hujayralarining shakllanishi va rivojlanishini qo'llab-quvvatlaydi, terining suv o'tkazuvchanligini oshiradi va yallig'lanish jarayonlarining rivojlanishini pasayadi. Bularning barchasi shikastlangan terining kosmetik muolajalardan keyin tezroq tiklanishiga imkon beradi. Bundan tashqari, mahsulot kuyishlarni davolash uchun tavsiya etiladi, shuning uchun uni foto-, lazer va elektroepilyasiyadan so'ng, shuningdek, piling yoki terini silliqlashdan keyin pigmentatsiya paydo bo'lishining oldini olish uchun ishlatish mumkin.
Adabiyotlar:
1. Dermatokosmetologiya bo'yicha qo'llanma, Ye.R.Arabiyskaya va Ye.V.Sokolovskiy tahriri ostida. "Foliant" nashriyoti, Spb 2008, 632 s.
2. Ye.F.Lukushkina, Ye.Yu.Baskakova. Teri – salomatlik barometri. Emolentlarning profilaktik va davolovchi roli. RTJ, 2016, №18, s.1246-1252.
3. Ikki tomonlama tafsilotlari yashirin o'tkazilgan tadqiqotda 5% dekspantenolni qo'llagan 15 nafar sog'lom ko'ngillilarda yaralar bitishining gistologik va ultratovushli tadqiqotlar natijalari bilan tasdiqlangan sezilarli stimulyatsiyasi qayd etildi. Pugliese PT, Farina JC, Chautems Y. Efficacy of dexpanthenol in wound healing: double-blind assessment of excised wound tissue by ultrasound and histologic examination [French]. Nouv Dermatol 1995; 14: 130-8.
4. I.V.Nikitina, Ye.A.Sorokina, M.V.Tarasova. Surunkali dermatozlarni davolashdagi yangi imkoniyatlar. RTJ. Dermatologlar, 16-jild, №23, 2008, 1547-1550 s.
5. Kotlukov V. K., Kuzmenko L. G., Antipova N.V. Bolalar terisini parvarish qilish uchun zamonaviy dermatologik va kosmetik vositalar // MS. 2013. № 1.
6. Rosenberg A., Alatary SD., Peterson AF. Safety and efficacy of the antiseptic chlorhexidine gluconate. Surg Gynecol Obstet. 1976 Nov;143(5):789-92.
CH-20230622-82