Bepanthen® Plus
Bepanthen® Plus
Bepanthen® Plus – terining kichik jarohatlari, lat yeyishlar, tirnalishlar va boshqalarni davolashga mo`ljallangan vosita. Butun oila uchun universal tanlov.
Xususiyatlari
Bepanthen® Plusning formulasi kichik jarohatlar, kesilishlar, kuyishlar va shilinishlarni davolashda uch karralik ta`sir ta`minlaydi:
- Infektsiyadan himoya qilish
- Terining tiklanishini rag`batlantirish
- Og`riqni kamaytirish
Asosiy tarkibiy qismlar
Bepanthen® Plus uch karralik ta'siri uning faol tarkibiy qismlari bilan bog'liq:
- Provitamin B5 terining tiklanish jarayonlarining hamma bosqichida ishtirok etib uni tezlashtiradi. Provitamin B5 ninng teri tiklash va regeneratsiyani rag`batlantirish xususiyatlari juda ko`p klinik tadqiqotlar asosida isbotlangan1.
- Xlorgeksidin shikatlangan terini ishonchli dezinfeksiya qiladi va yuqori xavfsizlikka ega2.
Afzalliklari
- Bolaning ilk kunlaridan qollash mumkin.
- Bepanthen® Plus o`ziga xos tarkibiy tuzilishi tufayli og`riq hissini pasaytiradi, terida yoqimli salqinlik hosil qiladi.
- Bepanthen® Plus kiyimda iz qoldirmaydi.
Qo'llanilishining keng imkoniyatlari uni har qanday uy dori qutisi uchun a'lo vosita qilib ifodalaydi:
- Jarohatlar, shilinishlar, qirilishlar, kuyishlarga ishlov berish.
- Tatuirovkalardan keyin birinchi kunlarda terini parvarishlash.
- Kosmetik muolajalardan so'ng terini parvarishlash.
1. Ikki tomonlama ko'r-ko'rona tadqiqotda 15ta sog'lom ko'ngillilarda 5% li dekspantenolni qo'llaganda gistologik va ultratovush tadqiqotlar natijalari bilan tasdiqlangan jarohatlar bitishining shubhasiz tezlashishi kuzatildi. Pugliese PT, Farina JC, Chautems Y. Efficacy of dexpanthenol in wound healing: double-blind assessment of excised wound tissue by ultrasound and histologic examination [French]. Nouv Dermatol 1995; 14: 130-8.
2. Rosenberg A., Alatary SD., Peterson AF. Safety and efficacy of the antiseptic chlorhexidine gluconate. Surg Gynecol Obstet. 1976 Nov;143(5):789-92.