Bepanthen® Plyus Yo'riqnomasi

Bepanten.® ni tibbiy qo'llash uchun dori preparatini qo'llash bo'yicha yo'riqnoma

Ro'yxatga olingan raqami: P N013984/02

Preparatning savdo nomi: Bepanten®

Xalqaro patentlashtirilmagan nomi: Dekspantenol.

Dori shakli: Tashqi qo'llash uchun malham.

Ishlab chiqarilish shakllari: 30 g, 50 g, 100 g

 

Tarkibi

1 g krem tarkibida ta'sir etuvchi modda: dekspantenol 50,0 mg; yordamchi moddalar: DL-pantolakton 5,0 mg, fenoksietanol 5,0 mg, kaliy setilfosfati (amfizol K) 12,7 mg, setil spirti 24,0 mg, stearil spirti 16,0 mg, lanolik 13,0 mg, izopropilmiristat 35,0 mg, propilenglikol 15,0 mg, tozalangan suv 1000,0 mg gacha, kaliy gidroksidi* q.s. bor.

* talab qilinadigan pH qiymatini belgilash uchun yetarli miqdorda.

 

Ta'rifi

Yumshoq egiluvchan gomogen xira tusdagi krem oqdan sarg'ish oqqacha rangda maxsus sust hid bilan.

Farmakoterapevtik guruhi: To'qimalar qayta tiklanishi tezlashtiruvchisi.

Kod АТХ: D03АХ03.

 

Farmakologik xususiyatlari

Dekpantenol terida koenzim A ning tarkibiy qismi bo'lgan pantoten kislotasiga tez aylanadi va shikastlangan teri qoplamalarining shakklanishi hamda bitishida muhim rol o'ynaydi; teri qayta tiklanishini tezlashtiradi, hujayra metabolizmini normallashtiradi.

 

Farmakokinetika

Tashqi qo'llanilganda teri orqali tez so'riladi va pantoten kislotasiga aylanadi, plazma oqsillari bilan bog'lanadi (asosan beta-globulin va albumin bilan). Pantoten kislotasi organizmda metabolizmga uchramaydi va o'zgarmagan holda chiqarib yuboriladi.

 

Qo'llash uchun ko'rsatmalar

Teri qoplamlari butunligi buzilganda: kuyishlar bitishi (shu jumladan quyoshdan), terining mayda shikastlanishlari (shilinish, kesish, yoriqlar va boshq.). Terining quruqligini davolash va oldini olish, shu jumladan turli genezdagi dermatitlar oqibati sifatida ham (sho'ralash, qizarish, bezovtalik, tortilganlik hisi bilan namoyon bo'ladigan), shuningdek teri qoplamlarining tashqi omillar ta'siri ostida ko'proq qoladigan qismlarini (yuz, qo'llar) har kungi parvarishlash. Emizish davrida sut bezini parvarishlash (sut bezi so'rg'ichlarining yoriqlari va qizarishlari), emizikli bolalar va chaqaloqlarni parvarishlash (yo'rgak toshmalari, «yo'rgak» dermatiti).

 

Qarshi ko'rsatmalar

Preparat tarkibiy qislmariga yuqori sezuvchanlik.

 

Homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llash

Bepanten® ni homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llash mumkin. Agar preparat emizish davrida so'rg'ichlar yoriqlariga ishlov berish uchun qo'llanilayotgan bo'lsa, ko'krak bilan emizishdan oldin u yuvib tashlanishi kerak.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Tashqi. Krem yupqa qilib shikastlangan yuzaga 1-2 marta suriladi va biroz singdiriladi. Sut bezini parvarishlashda krem so'rg'ichlar yuzasiga har saf emzgandan so'ng suriladi. Emizikli yoshdagi bolalar parvarishida krem har safar taglik (yo'rgak) almashtirilganda suriladi.

 

Nojo‘ya ta‘siri

Allergik reaksiyalar juda kam hollarda bo'lishi mumkin.

 

Boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri

Preparetning o'zaro ta'siri haqida ma'lumot yo'q.

 

Chiqarilish shakli

Tashqi qo'llash uchun 5% malham. 3,5 g 30 g, 50 g yoki 100 g doridan alyumin membrana bilan yopilgan polietilen boshchali, membranani teshish uchun o'tkir uchli buraladigan polipropilen qalpoqcha bilan yopiladigan alyumin idishda. Har bir idish qo'llash uchun yo'riqnoma bilan karton qutiga joylashtiriladi.

 

Saqlash shartlari

25 °C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil. Yaroqlilik muddati o'tganidan keyin foydalanilmasin.

 

Berilish shartlari:

retseptsiz.

 

Ishlab chiqaruvchi

Ro'yxatdan o'tkazilgan guvohnoma egasi: «BAYER» AJ, Rossiya
Ishlab chiqarilgan: Grensax Produksions GmBx DK, Emil-Barell-Shtrasse 7, 79639
Grensax-Vilen, Germaniya

 

Iste'molchilar da'volarini qabul qiluvchi tashkilot:

«Bayer» AJ, Rossiya
107113, Moshkva sh. , 3-Ribinskaya k., 18-uy, 2-bino.
Tel.: +7 (495) 231-12-00
Faks: +7 (495) 231-12-02

Yo'riqnomaning ushbu versiyasi 20.01.2020 dan kuchga kiradi

Bepanten Krem

Chiqarilish shakli

30g

Bepanten Krem

50g

Bepanten Krem

100g