Yo'rgak toshmalari nima?

Mundarija:

  • Nega chaqaloqlarda yo'rgak toshmalari paydo bo'ladi?
  • Har xil darajadagi yo'rgak toshmalarining belgilari
  • Yo'rgak toshmalarini boshqa kasalliklardan qanday farqlash mumkin?
  • Ehtimoliy asoratlar
  • Nima qilish kerak?
  • Oldini olish
Yo'rgak toshmalari nima?

Yo'rgak toshmalari nima va ularning paydo bo'lish sababi nima?

Yo'rgak toshmalari – bu turli omillar ta'sirida (ishqalanish, namlik bilan doimiy ta'sirlashish va boshqalar) natijasida yuzaga keluvchi teridagi bezovtalanish. Bunday toshmalar kattalarda ham uchraydi, lekin ko'pincha yosh bolalarga xos kasallik hisoblanadi. Agar bu muammo o'z vaqtida payqalsa, har qanday asoratlarni oldini olib, uni tez hal qilish mumkin. Asosiysi – chaqaloqning holatini diqqat bilan kuzatib borish va pediatrning tavsiyalariga qat'iy rioya qilish.

Nega chaqaloqlarda yo'rgak toshmasi paydo bo'ladi?

Yangi chaqaloqlardagi yo'rgak toshmasi – bu mahalliy qizarish va yallig'lanish bilan kechadigan teridagi bezovtalanish, ko'pincha 2 yoshdan 3 haftagacha bo'lgan bolalar unga duchor bo'ladilar. Yo'rgak toshmasi quyidagi kabi omillar ta'sirida paydo bo'lishi mumkin:

  • mexanik ta'sir – noqulay ichkiyim yoki noto'g'ri tanlangan kiyim tufayli terining yo'rgak bilan ishqalanishi;
  • peshob va axlatdagi fermentlar kabi bezovtalik chaqiruvchi moddalar bilan ta'sirlashish;
  • namlik bilan uzoq vaqt ta'sirlashish – bola tez -tez terlaydi yoki cho'milgandan keyin terisi yetarlicha artilmagan bo'ladi;
  • qizib ketish – yangi tug'ilgan chaqaloq juda issiq kiyintirilgan yoki honaning xarorati juda baland.

1 yoshgacha bo'lgan bolada yo'rgak toshmalarining tez -tez paydo bo'lishining sabablari chaqaloq terisining tuzilishiga borib taqaladi.

Inson terisining yuqori "himoya" qatlami shoxdor qatlam deyiladi. Kichkintoylarda u juda kichik qalinlikka ega, bu esa har xil chet ta'sirlarga sezgirlikni oshiradi va mikrojarohatlarning tez-tez uchrashiga olib keladi.

Shoxdor qatlamni tashkil etuvchi hujayralar orasidagi bo'shliq lipid-oqsil tuzilmasi bilan to'ldirilgan bo'lib, u lipid to'sig'i deb ham ataladi. Bunday to'siq terining tashqi muhit ta'siridan tabiiy himoyasi hisoblanadi. Bolalarda u tez-tez cho'milish, gigiyena vositalarini noto'g'ri tanlash yoki shunchaki faol harakatlar tufayli yemirilishi mumkin. Bundan tashqari, yangi tug'ilgan chaqaloqlar terisining pH qiymati 3 oyga yaqin vaqt ichida normallashadi – bu yoshgacha kislota qiymatining nisbatan pastligi ehtimoliy yallig'lanishdan zaif himoya qiladi1

Bunday fiziologik xususiyatlar tufayli eng kichik go'daklar teridagi yo'rgak toshmalariga ko'proq moyil bo'ladi. Agar chaqaloqda allergiyaga moyillik, ortiqcha vazn, tomirlarning teri yuzasiga yaqin joylashishi bilan bu muammoning rivojlanish xavfi ortadi. Bundan tashqari, qizchalar o'g'il bolalarga qaraganda yo'rgak toshmalaridan ko'proq aziyat chekishadi.

Har xil darajadagi yo'rgak toshmalarining belgilari

Boladagi yo'rgak toshmasi (yoki yo'rgak dermatiti) 3 darajali og'irlikka, ularning har biri esa o'ziga xos alomatlarga ega2:
 

Yo'rgak toshmalari nima?
  • 1-daraja – kichik mahalliy qizarishlar. Ko'pincha ular terining burmalarida (dumg'aza, qo'ltiq osti, qo'l va oyoq, bo'yin), dumba o'rtasida va taglik rezinasi o'tuvchi qorinning pastki qismida uchraydi. Ular hosil bo'lganida bola ko'pincha xotirjam bo'ladi, bezovtalik belgilari kuzatilmaydi, teri shikastlanmagan;
  • 2-daraja – qizarishdan tashqari terida mikro yoriqlar paydo bo'ladi. Bunday holda qizarish yaqqolroq bo'ladi, eroziya izlari ko'zga tashlanadi, kamdan-kam – yiringli kichik ko'zchalar. Bu bosqichda chaqaloq tinchini yo'qotadi, qo'llari bilan terining bezovtalanayotgan joylariga intilishi, gigiyenik amaliyotlar, taglikni kiydirish paytida injiqlanishi mumkin;
  • 3-daraja – eng og'ir yo'rgak toshmasi. Bu bosqichda eroziya va qizarish kuchayadi, yoriqlar namlana boshlaydi. Teri yiringli o'choqlar va mayda yaralar bilan qoplanadi. Ular og'riq va qichishishni keltirib chiqarib, bu esa chaqaloqning uxlashini, ovqatlanishini va o'ynashini qiyinlashtiradi.

Agar yo'rgak toshmalarining og'ir belgilari aniqlansa, pediatrga murojaat qilish kerak, chunki bunday bezovtalanish xususiyati yanada jiddiy kasalliklar bilan osonlikcha chalkashtirib yuborilishi va ularga faqatgina shifokor aniq tashxis qo'yishi, shuningdek, kichkintoy uchun xavfsiz davolanishni tayinlashi mumkin.

Yo'rgak toshmasini boshqa kasalliklardan qanday farqlash mumkin?

Yo'rgak toshmalarining asosiy tashxis usuli – vizual tekshirish. Kasalxonada buni pediatr yoki dermatolog amalga oshiradi. Muammo u yoki bu asoratlar bilan kechganida qirtirlab olish va bakteriologik undirish buyurilishi mumkin. Go'dak bolalarning ota-onalari yo'rgak toshmalarining 3-darajasini boshqa kasalliklar – har xil tabiatdagi dermatit, yuqumli va zamburug'li kasalliklar bilan osonlikcha chalkashtirib yuborishi mumkin, shuning uchun yo'rgak toshmasi va boshqa kasalliklar o'rtasidagi asosiy farqlarini bilish juda muhimdir.

Yo'rgak toshmalarida 2-3

  • Teri bezovtaligi teri burmalarida, kiyim-kechak yoki taglik bilan ishqalanish nuqtasida joylashadi. Allergik toshma boshqa joylarda ham, masalan, yuzda, orqada, ko'krakda paydo bo'lishi mumkin;
  • eng erta bosqichda teri pushti yoki ozgina qizil rangga kirib boradi. Bu holat bir necha kun davom etishi va to'g'ri parvarish bilan o'z-o'zidan yo'qolib ketishi mumkin. Infeksion kasalliklarda o'zgarishlar yaqqolroq bo'ladi va maxsus davolashsiz o'tib ketmaydi;
  • zararlangan sohaning chekkalari odatda notekis va aniq chegarasiz. Yuqumli kasalliklarda teridagi hosilalar boshqacha ko'rinishda bo'lishi mumkin. Masalan, temiratki bilan zararlangan hududlar aniq relyef konturlari va markazida biroz ochroq tusli joylarga ega;
  • Yo'rgak toshmalarining 1 va 2- darajasidagi qizarishda qon kuzatilmaydi; allergik dermatitda bo'lgani kabi tugunchalar, nuqtali toshmalar yo'q;
  • пyo'rgak toshmalarining paydo bo'lishi odatda qizamiq, rozeola va boshqa bolalik kasalliklariga hamroh bo'luvchi harorat ko'tarilishisiz kechadi.

Shuni yodda tutish kerakki, chaqaloqning sog'lig'i bilan bog'liq muammolar, garchi ular bir qarashda ular ahamiyatsiz bo'lib tuyulsa ham, shifokor bilan maslahatlashish zarur. Har qanday vositani mustaqil ravishda va uning tavsiyasisiz ishlatish maqsadga muvofiq emas, chunki ularning hammasi ham yosh bolalar uchun mos kelavermaydi.

Ehtimoliy asoratlar

Agar yo'rgak toshmalariga o'z vaqtida e'tibor qaratilsa, davolash oson kechadi. Yosh bolalardagi bezovtalangan teri, ayniqsa, ularda namlik yig'iluvchi joylar va mikroyoriqlar paydo bo'lsa, salbiy tashqi omillarga juda sezgir ekanligini tushunish kerak. Agar ota-onalar muammoni e'tiborsiz qoldirsalar yoki pediatrning ko'rsatmalariga e'tibor bermasalar, ahamiyatsiz bo'lib tuyulgan ushbu muammo asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.1-3:

Yo'rgak toshmalari nima?
  • bakterial infeksiyalar – streptokokklar va boshqa mikroorganizmlarning zararlanishi, yiring o'choqlari va yaralarga sabab bo'ladi;
  • Zamburug'li infeksiyalar – jinsiy a'zolar, quvuq va anal yo'lidagi kandidoz.

Bundan tashqari, yo'rgak toshmalari paydo bo'lganda bola juda bezovta bo'lib boradi. Og'riqli hislar, qichishish, achishi va har bir harakatdan bezovtalik chaqaloqning normal oziqlanishiga yo'l qo'ymaydi, uxlashga xalaqit beradi va o'yin yoki dam olish holatida ham bezovta qiladi.

Nima qilish kerak?

Agar birinchi darajali yo'rgak toshmasi bo'lsa quyidagilar tavsiya etiladi1-3:

  • eng yaxshi gigiyena vositalarini tanlash – bezovtalanish keltirib chiqaruvchi tagliklar va yo'rgaklardan voz kechish, agar taglik sabab yo'rgak toshmasi paydo bo'lsa, pampers ishlab chiqaruvchsini o'zgartirish;
  • to'g'ri parvarish qilish – bola ostini yaxshilab yuvib turish, terini to'liq quritish, unga muntazam ravishda havo yetib borayotganligini tekshirish;
  • haddan tashqari qizib ketishning oldini olish – bolaga dam olish yoki faol o'yinlar paytida issiq bo'lmasligi kerak, ko'p vaqtini o'tkazadigan xonadagi havo harorati mo'tadil bo'lishi ham muhim;
  • to'g'ri kiyim tanlash – bo'ynida yoki qo'ltiq ostida qizarish paydo bo'lganda bolaga faqat muammoli joylarga ishqalanmaydigan yoki tiralib qolmaydigan narsalarni kiydirish mumkin.

Bezovtalanishni kamaytiradigan va terini tabiiy ravishda qayta tiklaydigan mahsulotlar, masalan, Bepanten mazi yo'rgak toshmalarini davolashning ushbu bosqichida o'z samarasini isbotlagan2. Tabiiy lanolin va B5 provitaminining yuqori miqdori tufayli4, Bepanten mazi shikastlangan terining tiklanishini va uning tabiiy bitishini mo'tadillik bilan stimullaydi. Bu mahsulot axlat va peshobning bezovtalikka sabab bo'luvchi ta'sirini kamaytirib, terining nafas olishiga imkon yaratadigan kuchli himoya to'sig'ini shakllantiradi2.Mahsulotning qo'shimcha afzalligi uning yuqori darajadagi xavfsizligisir: unda bola uchun xavfli bo'lishi mumkin bo'lgan bo'yoqlar, parabenlar va boshqa komponentlar mavjud emas. Yo'rgak toshmalariga qarshi kurashishda «Bepanten» mazini qo'llash qizarishning birinchi belgilari paydo bo'lganda tavsiya etiladi. Uni taglikni har gal o'zgartirganda surish kerak2-3.

Agar yo'rgak toshmalarining og'irligi 2 yoki 3 darajaga o'tgan bo'lsa, shifokor bolaning individual xususiyatlariga va uning hozirgi holatiga qarab tegishli davolanishni tayinlashi zarur. Mutaxassis terini tiklash va himoya qilish uchun mazlar, qurituvchi kompresslar, shifobaxsh o'tlar va boshqa qo'shimchalar solingan vannalardan foydalanishni tavsiya qilishi mumkin. Ijobiy ta'sirga imkon qadar tezroq erishish uchun kompleks yondashuv zarur. Ota-onalar nafaqat shifokorning tavsiyalariga amal qilishlari, balki bolani parvarish qilish rejimiga ham o'zgartirish kiritishlari kerak bo'ladi.

Oldini olish

Yo'rgak toshmalarining qayta payda bo'lishining oldini olish uchun chaqaloqni to'g'ri parvarishlash kerak1-3.

Yo'rgak toshmalari nima?

Gigiyena

Axlat va peshob tarkibida terini bezovta qiluvchi, agressiv moddalar mavjud. Agar ular teri bilan uzoq vaqt ta'sirlashsa, bezovtalik kuchayadi. Aynan shuning uchun yo'rgak toshmalarining oldini olish uchun namlikni tez so'rib oladigan bir martalik tagliklarga ustuvorlik berish lozim. Bundan tashqari, tagliklar yosh va vaznga to'liq mos bo'lishi kerak. Tagliklarni to'lishi bilan almashtirish tavsiya etiladi, to'lgan taglik yechilib keying taglik taqilguncha bir oz havo vannasi qilish maqsadga muvofiq. Terining taglikka reaksiyasini kuzatish juda muhim – bu matolarga yoki singdiruvchiga bo'lgan allergik reaksiyani o'z vaqtida bartaraf etishga imkon beradi.

Cho'milish

Yuvish va cho'miltirish paytida yangi tug'ilgan chaqaloqlar uchun maxsus yaratilgan gipoallergen mahsulotlardan foydalanish kerak. Suv muolajalaridan so'ng bolaning terisini yaxshilab quritish kerak. Agar yo'rgak toshmalari paydo bo'lib ulgurgan bo'lsa, ularni ishqalamaslik kerak: teri burmalaridagi ortiqcha namlikni ohista harakatlar bilan quritish, paxta yo'rgak yoki yumshoq sochiq bilan shimdirib olish maqsadga muvofiq.

Chaqaloqning kiyimlarini tozalash

Kukun yoki konditsionerga allergiya yo'rgak toshmalarini kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun chaqaloqning muayyan yoshiga mos keladigan xavfsiz maishiy kimyoviy mahsulotlar foydasiga tanlov qilish tavsiya etiladi.

Kiyim tanlovi

Ortiqcha terlash yo'rgak toshmalarining paydo bo'lishining asosiy omillaridan biridir, chunki haddan tashqari issiqlik terining bezovtalanishga nisbatan ta'sirchanligini oshiradi. Bolani ob-havoga mos kiyintirish kerak, sovuq qotishdan qo'rqib, uni o'rab-chirmab tashlamang. Keng, lekin qopsimon bo'lmagan kiyimlarni tanlash o'rinli. Narsalar tabiiy va yumshoq matolardan tikilgan bo'lishi kerak.

Uy mikroiqlimi

Agar bolalar xonasida va yotoqxonada to'g'ri mikroiqlim yaratilmasa, yo'rgak toshmasi butun yil davomida bezovta qilishi mumkin. Haroratni mo'tadil darajaga tushiring va normal namlikni ta'minlang. Bunday choralar chaqaloqni teri bezovtalanishidan himoya qiladi, uning xotirjamligini buzmaydi va samarali uyqu garovi bo'ladi.

Yo'rgak toshmasi – yoqimsiz muammo, lekin bolaga to'g'ri g'amxo'rlik ko'rsatib, oddiy qoidalarga amal qilib, bir necha kun ichida uni bartaraf etish mumkin.