Bolalar uchun taglik toshmalariga qarshi qanday vositani tanlash kerak?
Mundarija:
- Taglik toshmalariga qarshi malham
- Taglik toshmalariga qarshi krem
- Sepmalar
- Yog'
- Xalqona vositalar
- Parvarish va davolash
Bolalar terisi kattalarnikidan farq qiladi: u yupqa va tashqi ta'sirlarga nisbatan kam chidamli, shuning uchun alohida parvarishni talab qiladi. Chaqaloqning terisi to'g'ri parvarish qilinsa ham, taglik toshmasi - terisining namlik bilan ta'sirlashadigan va taglik yoki taglik bilan ishqalanadigan joylarida yallig'lanish nuqtalari paydo bo'lishi mumkin. Taglik toshmasi paydo bo'lishini oldini olish yoki infeksion asoratlarni oldini olgan holda ularning tuzalishini tezlashtirish uchun maxsus vositalar kerak1.
Taglik toshmalariga qarshi malham
Malhamlar tarkibida yallig'lanishni bostiruvchi va terini qayta tiklovchi faol moddalar mavjud. Ular shuningdek, yog'li asosga ega bo'lib (masalan, lanolin), bu faol moddaning teriga chuqur singishiga yordam beradi va uning yuzasida himoya qatlamini hosil qiladi. Barcha malhamlar yog'li, quyuq, shuning uchun ham ular faol modda bilan uzoq muddatli ta'sirini ta'minlaydi va taglik yoki taglik bilan terining ishqalanishini kamaytiradi. Bu xususiyatlar tufayli malham yordamida taglik toshmalarini davolash ham, ularning paydo bo'lishining oldini olish ham mumkin2.
Taglik toshmasi uchun ishonchli chaqaloq malhamiga B5 provitamin va yuqori konsentratsiyali lanolinni o'z ichiga oluvchi Bepanten mazi misol bo'la oladi3. Provitamin B5 terining chuqur qatlamlariga singib, tezda B5 vitamini (pantoten kislotasi)ga aylanadi. U hujayralar bo'linishini tezlashtiradi, shikastlanishlarni tezda bitishiga yordam beradi va yallig'lanishga qarshi kurashadi hamda terining asosiy komponenti bo'lgan kollagen tolalarini kuchaytiradi4. Lanolin teriga B5 provitaminini o'tkazuvchi vazifasini bajaradi5 va uning yuzasida namlik bilan ta'sirlashishning oldini oluvchi, taglik ostida esa peshob va axlatdan himoya qatlam hosil qiladi. Lanolinning muhim xususiyatlaridan biri, vazelindan farqli o'laroq, u havo almashinuviga to'sqinlik qilmaydigan, nafas oladigan qatlam hosil qilish qobiliyatidir, bu esa chaqaloqning to'liq shakllanmagan terisi uchun juda muhimdir. Tasdiqlangan yuqori xavfsizlik profiliga ega tabiiy gipoallergen tarkib hatto yangi tug'ilgan va erta tug'ilgan chaqaloqlarda ham taglik toshmalarini davolash uchun Bepanten malhamidan foydalanishga imkon beradi6.
Taglik toshmalariga qarshi krem
Kremlar malhamlarda yengilroq tuzilishi bilan farq qiladi, chunki ular yog 'va suv aralashmasidir. Ular tezroq so'riladi, lekin bunday kuchli va uzoq muddatli ta'sirga ega emas, garchi ular tarkibida malham tarkibidagilar bilan bir xil moddalar bo'lsa ham. Shuning uchun chaqaloqlarga kosmetik kremlar odatda taglik toshmalarining oldini olish uchun ishlatiladi va ular do'konlarda sotiladi, chaqaloqlar uchun malhamlarni esa odatda faqat dorixonalarda sotib olish mumkin.
Kichkintoylar uchun taglik toshmalariga qarshi kremlar terini namlantiradi, bu esa peshob va axlatdagi namlik va ammiakning bezovtalovchi ta'siriga chidamli bo'ladi. Sog'lom teri uchun bunday himoya yetarli, lekin shikastlanganda va yallig'lanish belgilari bo'lsa, krem malham bilan almashtiriladi7.
Sepmalar 8
Sepmalar asosan talk va kraxmalga asoslangan kukunsimon mahsulotlardir. Ularning asosiy vazifasi u bilan ta'sirlashish terining yallig'lanishini keltirib chiqaruvchi namlikni o'ziga singdirishdir. Ko'pgina sepmalar taglik toshmalarining oldini olish uchun mo'ljallangan, lekin ba'zida ularga o'simlik ekstraktlari, yallig'lanishga qarshi yoki antibakterial komponentlar qo'shiladi. Bunday holda ular teri kasalliklarini davolash uchun ham ishlatiladi. Sepma ertalab va kechqurun ishlatiladi, yupqa qilib toza va quruq teriga surtiladi, zarurat bo'lsa, uni tez-tez ishlatish mumkin.
Chaqaloqlar ularni nafas bilan yutishi ehtimoli yuqori bo'lganligi sababli, oxirgi paytlarda pediatrlar tomonidan ularning maqsadga muvofiqligi muhokama qilinib turibdi9. Bundan tashqari, sepma terining butun yuzasi uchun ishonchli himoyani ta'minlamay, burmalar chuqurchalarida ko'proq yig'iladi. Sepmalarni terini ishonchli himoya qiluvchi malhamlar bilan almashtirish borgan sari ko'proq tavsiya etilmoqda10. Krem va sepmani bir vaqtda ishlatganda shuni esda tutingki, talk kremdagi suvni so'rib olishi sabab na u na bu vosita ish bermasligi mumkin.
Yog'
Yog'lar ko'pincha chaqaloq terisini parvarish qilish uchun ishlatiladi: ular uni namlantiradi va oziqlantiradi, yaralarni bitishiga yordam beradi. Bolalar uchun vazelin yog'i yoki har xil turdagi o'simlik moylari (zaytun, pixta, oblepixa) mos keladi. Yog'lar suvli idish ichidagi idishda 15 daqiqa qaynatiladi, so'ngra xona haroratiga qadar sovitiladi va teriga surtiladi11. Vazelin moyi gipoalleren hisoblanadi, o'simlik moylariga esa allergik reaksiya bo'lishi mumkin12.
Yog'larni quruq teriga surtish tavsiya etiladi. Agar u yallig'langan bo'lsa yoki uning yuzasida suyuqlik (ekssudat) paydo bo'lsa, yog' tuzalish jarayonini sekinlashtirishi mumkin – havo almashinuviga to'sqinlik qiladigan yog'li plyonka ajraluvchi bug'lanishga halal beradi. Infeksion asoratlar borligida moylarni ishlatish maqsadga muvofiq emas, chunki moy qatlami ostida mikroblar va zamburug'lar yanada faol urchiydi. Ammo moy quruq terini namlash uchun yaxshi va uni tezroq tiklashga yordam beradi13.
Xalqona vositalar14
Taglik toshmalarini davolash va oldini olish uchun ko'plab an'anaviy tibbiyot retseptlari mavjud:
- Dafna yaprog'i tindirmasi, eman daraxti, chereda, moychechak damlamalari taglik toshmalarida artishlar uchun va kompresslar uchun ishlatiladi, cho'milish paytida suvga tomiziladi. Ular terining himoya xususiyatlarini oshiradi va yallig'lanishga qarshi kurashadi. O'simliklarni alohida-alohida yoki aralashtirib qaynatish mumkin.
- Sepmalar o'rniga an'anaviy tibbiyot kartoshka, makkajo'xori kraxmalini yoki elakdan o'tkazilgan (yaxshisi grechka) unni tavsiya qiladi. Kosmetik vositalardan farqli o'laroq, ular tarkibida hech qanday qo'shimchalar yo'q – na zararli, na foydali.
- Terini tish kukuni yordamida quritish mumkin degan fikr bor: u suv bilan pasta holatigacha suyultiriladi, terining yallig'langan joyiga surtiladi, 15-20 daqiqaga qoldiriladi, so'ng cherada yoki eman po'stlog'ining qaynatmasi bilan yuviladi.
- Qayin kurtaklari eziladi va vazelin bilan aralashtiriladi hamda taglik toshmalariga qarshi ishlatiladi.
- Yallig'langan teriga bargizub yoki qirqquloqning yangi sharbatini surtish tavsiya etiladi.
Xalq tabobatida spirtli tindirmali yoki asalli retseptlar mavjud – chaqaloqning nozik terisini kuydirib qo'ymaslik uchun ularni ishlatishdan tiyilgan ma'qul. Shuni tushunish kerakki, uy sharoitida davolanish usullari klinik sinovlardan o'tkazilmagan, shuning uchun ularning samaradorligi va xavfsizligi o'rganilmagan. Masalan, giyohlar tabiiy va zararsiz deb qaraladi, lekin ular individual toqatsizlik holatida kuchli allergik reaksiyaga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bolaning sog'lig'ini an'anaviy tibbiyotga ishonib topshirishdan oldin, pediatr bilan maslahatlashish yaxshiroqdir.
Parvarish va davolash
Taglik toshmalarining oldini olish uchun chaqaloq terisini to'g'ri parvarish qilish kerak. Buning uchun bir nechta oddiy qoidalarga amal qilish kifoya15:
- Bola ostini har bir yozilishdan keyin yuving yoki terini alkogol va aromatizatorlarsiz salfetkalar bilan tozalang16;
- Suvli amaliyotlardan so'ng, terini qog'oz sochiq yoki paxta mato bilan muloyimlik bilan artib oling, lekin uni shikastlamaslik uchun qattiq artmang;
- Teri nafas olishini tashkillashtiring. Bu terining himoya xususiyatlarini oshiradi va issiq va nam muhitni "afzal ko'ruvchi" mikroblarga qarshi kurashishga yordam beradi;
- Tagliklarni kamida har 2-3 soatda kunduzi va kechasi esa bir marta o'zgartiring. Peshob bilan chiqariladigan ammiak va bezovtalanish va yallig'lanishga olib keladigan boshqa mahsulotlar teriga ta'sir qilmasligi kerak;
- Teri nafas olishi va ishqalanishdan aziyat chekmasligi uchun tashqi chokli tabiiy matodan tikilgan kiyimni tanlagan ma'qul;
- Har bir taglik almashinuvida qalin qatlamli to'suvchi mazlarni qo'llang – ular axlat va peshob bilan ta'sirlashishni oldini oladi, taglik va kiyim bilan terining ishqalanishini yanada kamaytiradi.
Taglik toshmalarini davolashning dastlabki bosqichlarida terini ehtiyotkorlik bilan parvarish qilish va shikastlangan joy yuzasida mustahkam himoya qatlamini hosil qiluvchi, teriga ancha chuqurroq kirib, uni yaxshi tiklovchi maxsus malhamlardan foydalanish zaruriydir. Quritish uchun cho'milish suviga eman daraxti, chereda, moychechak qaynatmasi qo'shiladi yoki kaliy permanganatning (margansovka) kuchsiz eritmasi ishlatiladi. Chaqaloqlar uchun spirtli dezinfeksiyalovchi eritmalar qat'iyan man etiladi17.
To'g'ri parvarish va tuzatuvchi malhamlardan foydalanilsa, taglik toshmalarini bir necha kun ichida ketkizish mumkin. To'g'ri davolanish bo'yicha tavsiyalar uchun shifokorga murojaat qilish mumkin, agar 2-3 kun ichida ijobiy o'zgarishlar bo'lmasa, boshqa kasalliklar yoki infeksion asoratlarning bor yoki yo'qligini bilish uchun shifokor bilan maslahatlashish kerak18.
Infeksiya tushganda, qo'zg'atuvchiga qarshi maxsus terapiya talab qilinadi: bakterial asoratlarda – antibiotiklar, zamburug'larda – zamburug'larga qarshi vositalar (antimikotiklar). Ular odatda maz shaklida qo'llaniladi, faqat og'ir holatlarda tabletkalar yoki inyeksiyalar buyuriladi. Yiringli nuqtalarga qo'shimcha ravishda tarkibida alkogol bo'lmagan antiseptiklar bilan ishlov beriladi. Taglik toshmalarini qanday davolash kerakligini shifokor tekshiruvdan va kerakli ko'rikdan so'ng aytadi19. Antibiotiklar va antimikotiklar bilan asoratlarni davolashni tugatgandan so'ng, tuzalishning tezlashishi va shu orqali yallig'lanish jarayonining qaytalanishini oldini olish uchun yana Bepanten mazidan foydalanishga qaytishingiz mumkin.
1. Vasilevskiy I.V. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va emizikli yoshdagi bolalarda teri parvarishini optimallashtirish // Xalqaro sharhlar: klinik praktika va salomatlik. - 2015. - №1. -5-18 b.
2. ВVasilevskiy I.V. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va emizikli yoshdagi bolalarda teri parvarishini optimallashtirish // Xalqaro sharhlar: klinik praktika va salomatlik. - 2015. - №1. -5-18 b.
3. Foydalanish bo'yicha yo'riqnomaga ko'ra, BPN maziga lanolin yordamchi modda sifatida kiritilgan, 250 mg.
4. Ebner F., Heller A, Rippke F, Tausch I. Topical use of dexpanthenol in skin disorders. Am J Clin Dermatol. 2002;3(6):427-33.
5. Flesch P., Satanove A, Brown CS. Laboratory methods for studying percutaneous absorption and the chemical effects of topical agents upon human skin. J Invest Dermatol. 1955 Nov;25(5):289-300.
6. 62 yangi tug'ilgan chaqaloqni qamrab olgan qiyosiy randomizatsiyalangan tadqiqotda profilaktik maqsadlarda Bepanten maz qo'llangan bolalarning hech birida (n=40) nojo'ya reaksiyalar kuzatilmagan. Yatsik G.V., Akoyev Yu.S. Consilium medicum D-pantenoliga asoslangan terini parvarish qilishning turli xil vositalarining klinik samaradorligi. Ilova // Pediatriya. 2004. №6 (2).
7. Zaytseva O.V. Turli yoshdagi bolalar uchun terini parvarish qilish: har bir pediatr nimani yodda tutishi zarur // Pediatriya. – 2014. – № 2. – 13-15 s.
8. Tlish M.M. «Dermatologiyada tashqi terapiya» : o'quv-uslubiy qo'llanma, Краснодар, ГБОУ ВПО КубГМУ Минздравсоцразвития России, 2011. – 33-s.
9. Federal klinik tavsiyalar. Dermatovenerologiya 2015: Teri kasalliklari. Jinsiy yo'l bilan o'tuvchi infeksiyalar. – 5-nashr, – M.: Деловой экспресс, 2016. – 341-s.
10. Vasilevskiy I.V. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va emizikli yoshdagi bolalarda teri parvarishini optimallashtirish // Xalqaro sharhlar: klinik praktika va salomatlik. - 2015. - №1. -5-18 b.
11. Tlish M.M. «Dermatologiyada tashqi terapiya» : o'quv-uslubiy qo'llanma, Краснодар, ГБОУ ВПО КубГМУ Минздравсоцразвития России, 2011. – 33-s.
12. Araviyskaya E.R., Sokolovskiy E.V., Baxtina S.M., Pchelintsev M.V. Glyukokortikosteroid preparatlarda asos roli: optimal tarkib va ta'sir mexanizmi // Dermatologiya va venerologiya darakchisi. – 2010. ‑ № 2. – 64-70 s.
13. Federal klinik tavsiyalar. Dermatovenerologiya 2015: Teri kasalliklari. Jinsiy yo'l bilan o'tuvchi infeksiyalar. – 5-nashr, – M.: Деловой экспресс, 2016. – 341-s.
14. Ujegov G.N. Rasmiy va xalq tibbiyoti. Eng batafsil ensiklopediya. – M.: Eksmo nashriyoti, 2012. – 390-391-s..
15. Bokova T.A., Maslikova G.V. Bolalarda taglik dermatitini oldini olish ‑ «PEDIATR AMALIYOTI» davolashga oid yondashuvlar; sentyabr; 2016; 42-44 s.
16. Vasilevskiy I.V. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va emizikli yoshdagi bolalarda teri parvarishini optimallashtirish // Xalqaro sharhlar: klinik praktika va salomatlik. - 2015. - №1. -5-18 b.
17. Vasilevskiy I.V. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va emizikli yoshdagi bolalarda teri parvarishini optimallashtirish // Xalqaro sharhlar: klinik praktika va salomatlik. - 2015. - №1. -5-18 b.
18. Federal klinik tavsiyalar. Dermatovenerologiya 2015: Teri kasalliklari. Jinsiy yo'l bilan o'tuvchi infeksiyalar. – 5-nashr, – M.: Деловой экспресс, 2016. – 341-s.
19. Vasilevskiy I.V. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va emizikli yoshdagi bolalarda teri parvarishini optimallashtirish // Xalqaro sharhlar: klinik praktika va salomatlik. - 2015. - №1. -5-18 b.