Bola terisi parvarishi: teri qurishining o'ziga xosliklari va unga qarshi vositalar

Chaqaloq terisini parvarishlash

Mundarija: 

  • Chaqaloqlar terisining o'ziga xosliklari 
  • Bola terisini parvarishlash qoidalari 
  • Emizikli chaqaloqni yuvintirish 
  • Tanani to'g'ri parvarishlash 
  • Bola terisini parvarishlash vositalari 
  • Bolalar terisidagi ko'p uchraydigan muammolar 

Yangi chaqaloq terisi – juda nozik, shakllanmagan qoplamali tuzilma hisoblanadi. Tug'ilganidan keyin bola atrof-muhitdagi turli sharoitlar bilan aloqaga kirisha boshlaydi. Yo'rgak toshmasi, quruqlik va bezovtalikni oldini olish yoki bartaraf etish uchun terini avaylab parvarishlash kerak.

Chaqaloqlar terisining o'ziga xosliklari 

C haqaloq tanasining barcha a'zolari va tizimlari singari, uning terisi ham hali shakllangan emas va har qanday qo'zg'atuvchilarga juda sezgir1

Bola terisining xususiyatlari: 

  • Ustki qavatning yumshoq tuzilishi. Ustki qavat to'qimalari zich emas va yengil ko'chadi. Pastki qavat (bazal membrana) zaif, zich to'qimalari kam bo'lgan kletchatkadan tashkil topgan. Shuning uchun teri osongina shikastlanadi va infeksiyalarga qarshi kurasha olmaydi;

  • Bola terisida qon aylanishini yaxshilash uning "nafas olishiga" imkon beradi, lekin infeksiyaning qon oqimiga tez kirib borishiga yordam beradi;

  • Bolaning yog' bezlari ona sutidagi gormonlar ta'siri ostida birinchi kunlarda ortiqcha yog' hosil qiladi. Keyinroq sekretsiya normal holatga qaytadi va bo'lajak balog'at davrida yana qaytadan avj oladi;

  • Yangi tug'ilgan chaqaloqning rivojlanmagan ter bezlari uning osongina qizib ketishiga olib keladi;

  • Bolaning terisida suyuqlik to'planadi, u yupqa, shakllanmagan qatlamlardan o'tadi va epidermisda ushlanib turadi. Ba'zi moddalar (masalan, karbamid) ham teri to'siqlaridan yaxshi o'tib, bezovtalanish va allergiyaga olib keladi1

Yangi tug'ilgan chaqaloq terisining rivojlanmaganligi, uning yuqori sezuvchanligi va o'tkazuvchanligi ehtiyotkorlik va puxtalikni bilan alohida parvarishni talab qiladi.

Chaqaloq terisini parvarish qilish qoidalari

Chaqaloq terisini parvarish qilish qoidalari

  • Bolaning terisi peshob va axlat bilan uzoq vaqt aloqaga kirishmasin: bu bezovtalanish va yo'rgak toshmalariga olib keladi2
  • kiyim yumshoq, eng yaxshisi tabiiy matolardan va choksiz tikilgan bo'lishi kerak3;
  • quyoshning tik nurlaridan saqlaning: issiqlik almashinuvi shakllanmaganligi sababli chaqaloq qizib ketishi mumkin3
  • teri qurishiga, yoki bolada dermatit rivojlanishiga olib keladigan kundalik parvarishlash vositalaridan foydalanmang; bolalar kosmetikasida, iloji bo'lsa, konservantlar bo'lmasligi kerak1
  • Havo aylanishiga qo'yib bering: chaqaloqning terisini "nafas olishiga" imkon yaratish, gigiyenik muolajalardan so'ng darhol taglik qo'ymang1
  • Bolani emizish ham terining sog'lom saqlanishiga va uning umumiy immunitetini rivojlanishiga yordam beradi1

Ushbu oddiy choralarga rioya qilish chaqaloq terisi salomatligi uchun optimal shart-shatoitlarni yaratishga yordam beradi.

Chaqaloq terisini parvarishlash

Emizikli bolani yuvintirish4

Bolani zarurat tug'ilganda suv bilan yuvintirish kerak. Bola yuzining har bir qismini obdon tozalashga e'tibor qarating. Ertalabgi parvarish quyidagi jarayonlarni o'z ichiga oladi:

  • qovoqlarni, qoshlarni, ko'z cheti terisini paxtali tampon bilan arting (har bir ko'z uchun alohida tampon oling);
  • chaqaloq terisining quloq chig'anog'i sohasini tozalash lozim, chunki ovqatlanish paytida unga ona suti yoki sutli arlashma tushishi mumkin: quloqlarni va ularning orqasidagi sohani toza, nam paxta bilan yaxshilab arting.

Zarurat tug'ilsa burunlarni ham tozalab turish lozim. Steril paxtali tamponni maxsus tarkibli aralashmaga botirib olib, shilliq qavatga zarar bermaslik uchun burun ichidagi kirlarni yumshoq aylanma harakat bilan chiqarib tashlang. Barcha harakatlar ohista va aniq bo'lishi kerak: chaqaloq terisi juda nozik va u oson shikastlanadi.

Chaqaloq terisini parvarishlash

Tanani to'g'ri parvarishlash5

Bolangizni tungi uyqudan oldin, kechki ovqatdan keyin cho'miltirng – bu bolada to'g'ri kun tartibini shakllanishini rag'batlantiradi.

Cho'milish uchun suvni tayyorlang (optimal harorat – 37-38 daraja, o'lchash uchun maxsus termometrdan foydalaning). Bolani orqasi, boshi va dumbalaridan ushlab, sekin-asta suvga botiring. Avval yuz va bosh atrofini yuving, so'ngra asta-sekin tananing qolgan qismlariga tushing. Cho'milish so'nggida bolani toza suvga chayib oling. Cho'milishdan keyin qolgan namlikni yumshoq iliq sochiq bilan ehtiyotkorlik bilan ketkazish kerak: bolaning terisi juda nozik, shuning uchun uni bosib artmaslik kerak. Endi bolaga avvaldan tayyorlab qo'yilgan toza kiyimlarni kiydiring. Butun muolaja chaqaloqning o'zini tutishiga qarab 15-20 daqiqa davom etadi.

Yuvintirishni maxsus vositalarsiz ham bajarish mumkin. Shuni esda tutish kerakki, ishqoriy sovun yoki juda dag'al suv dermatitga olib kelishi mumkin.

Bola terisini parvarishlash vositalari6 

Bolalar parvarish vositalari uchun o'ziga xos talablar qo'yiladi:

  • terini avaylab tozalash uchun chaqaloq losyonida sun'iy xushbo'yliklar va spirt bo'lmasligi kerak;
  • bolalar kremi va yog'i yumshatuvchi va himoya xususiyatlariga ega, elastiklik va mustahkamlikni oshiradi, ular dermatitdan keyin terini parvarish qilish uchun ishlatilishi mumkin;
  • bolalar sovuni ishqorli unsurlardan holi bo'lishi lozim;
  • • bir yoshgacha bo'lgan bolalarni haftasiga 1-2 martadan ko'proq cho'miltirganda bolalar shampunidan foydalanmang5

Agar yangi tug'ilgan chaqaloqning terisi quruq bo'lsa, cho'milish uchun maxsus vositalardan foydalanish mumkin. Har bir kosmetika o'ta individual terzda tanalanadi. Qo'llashdan oldin bolangizda krem, losyon va boshqa vositalarga nisbatan allergiya yo'qligiga ishonch hosil qilinig.

Chaqaloqlarda dermatit va quruq teri profilaktikasi7

Yangi tug'ilgan chaqaloqning terisi osongina tasirlanadi. Ko'proq quyidagi muammolar uchraydi.

Dermatit. Asosan yo'rgaklanuvchi va taglik kiyiladigan joylarda rivojlanadi. Bu dumba, chot, tashqi jinsiy a'zolar va teri burmalaridagi qizarish va shishlar bilan namoyon bo'ladi. Dermatit yiringli kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo'ladigan infeksiyaning tushishiga olib kelishi mumkin. Bola yig'loqi, qaysar bo'lib boradi, yaxshi yeb-ichmaydi va uxlamaydi.

Dermatit rivojlanishining sabablaridan biri – chaqaloqni tabiiy oziqlantirishdan aralash yoki sun'iy oziqlantirishga o'tkazish. Bu axlat xususiyatlarining o'zgarishiga, undagi allergen fermentlarining ko'payishiga olib keladi. Chaqaloqni nam taglikda uzoq vaqt qolishi oqibatida axlatining tarkibiy qismlari terini qo'zg'atadi.

Yangi tug'ilgan chaqaloq terisi dermatit paytida qanday parvarishga muhtoj? Bolani kirlangan taglikda iloji boricha kamroq vaqt saqlashga harakat qiling. Kichkintoyingiz ostini tez-tez oqib turgan suvda yuving, sochiq bilan asta artib oling va terisi havoga to'yib olishiga imkon yarating. Ba'zi hollarda, ayniqsa, asoratlar bo'lsa, samarali davolanishni tavsiya qilinishi uchun pediatr yoki dermatologga murojaat qilish kerak bo'ladi. Dermatitdan keyin terini qayta tiklanishi uchun shifokor tavsiyalariga diqqat bilan amal qilib, gigiyenik rejimga rioya qilish zarur.

Quruq teri chaqaloqlarda parvarishlash vositalarini noto'g'ri tanlanganda, shuningdek atrof-muhit shart-sharoitlari ta'sirida – haddan tashqari quyosh nurlari ostida va shamol ta'siri ostida bo'lganda kuzatilishi mumkin. Ammo ortiqcha quruqlik ogohlantiruvchi belgi ham bo'lishi mumkin: u suvsizlanish, yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilmaganlik, ba'zi hollarda to'yib ovqatlanmaslik yoki endokrin tizim kasalliklarining rivojlanishi haqida darak beradi. Bu muammoni hal qilishda pediatr yordam beradi8

Agar chaqaloqning quruq terisiga faqat tashqi omillar sabab bo'lsa, to'g'ri parvarishga e'tibor bering. Cho'milish uchun vositalarni o'zgartiring (yoki unlardan foydalanmang va terinii kuzatib boring). Pediatr bilan birgalikda chaqaloqning terisi uchun sifatli namlovchi, yog' yoki malham tanlang.

1. Gorlanov I. A., Leina L. M., Milyavskaya I. R. Go'daklar terisi: patologik holatlarning differensial diagnostikasi, parvarishning o'ziga xosliklari // Tibbiy kengash. 2013. №2-3.

2. Adam R., Bola terisining gigiyenik parvarishi // VSP. 2010. №5, 91-93 s.

3. Ribkina N. L. Go'dak terisini parvarish qilishning zamonaviy yondashuvlari: pediatr taktikasi // Zamonaviy klinik tibbiyot darakchisi. 2014. No 6, 86-87 s.

4. Spok B. Bola va uning parvarishi. M.: Politexnika, 1991, 46-s.

5. Yangi tug'ilgan chaqaloq terisini parvarish qilish. Ilmiy asoslangan ko'rsatmalar. 2016, 66-s.

6. Shegelskaya T.Yu. Bolalar uchun terini parvarish qilishning zamonaviy mahsulotlari atopik dermatit uchun asosiy terapiya asosi sifatida // Saratov tibbiy ilmiy tadqiqotlar jurnali. 2016. №3, 488-489 s.

7. Keshishyan Ye. S. Bolalar yoshida teri tuzilishining anatomik-fiziologik xususiyatlari // Tibbiy kengash, 2008. №1-2. 57-60 s.

8. Protsenko T.V., Protsenko O.A. Dermatologiyada quruq teri sindromi: shakllanish mexanizmlari va tibbiy-kosmetik parvarish. Ukr. dermat., venera., kosmet. jurn. 2009. - №3. – 62-65 s.