Shilinishlar va qirilishlar: ishlov berish, davolash va bitish bosqichlari

Mundarija:

  • Shilinish va qirilishlar turlari
  • Shilinishlar bitishi bosqichlari va darajalari
  • Shilinish va qirilishlar bitishi bosqichlari
  • Shilinish va qirilishlar bitishi tezligiga ta'sir qiladigan kasalliklar
  • Shilinish va qirilishlarga ishlov berish va ularni davolash
  • Yuzdagi shilinishlarning o'ziga xosliklari
Shilinish va qirilishlar

Har bir inson hayotida hech bo'lmasa bir marta shilinish va tirnalishlarga duch keladi. Ular katta bo'lmagan, teri qoplamining hayotga xavfsiz bo'lgan shikastlanishlaridir. Infeksiyaning qo'shilishini va yaralar hosil bo'lishini oldini olish uchun shilinish va qirilishlarni to'g'ri parvarishlash kerak. Yuzda, qo'lda va tananing boshqa qismidagi shilinishlarni qanday tez davolash mumkin, bunday turdagi jarohatlarda birinchi yordam nimalardan iborat, teri qoplamining jiddiy bo'lmagan shikastlanishlarida qanday kremlarga ko'rsatma beriladi kabi savollarni ko'rib chiqamiz.

Shilinish va qirilishlar turlari

Terining yuzaki qavati shikastlanishini hisobga olgan holda shilinish va qirilishlarni shartli ravishda ikki turga tasniflashadi:

  • Mayda. Bunga odam har kungi hayotida ehtiyotsizlik tufayli duch kelishi mumkin bo'lgan mikrojarohatlar kiradi. Mayda qirilishlar chuqur emas, shuning uchun tez bitadi.
  • Chuqur. Pichoq, singan shisha, daraxtning tarashasi va boshqalar bilan ehtiyotsiz munosabatda bo'lish natijasida paydo bo'lishi mumkin. Infeksiya rivojlanishini oldini olish uchun chuqur qirilishni darhol yuvish, antiseptik bilan unga ishlov berish muhimdir. Chuqur shilinishlar va qirilishlarda bitish jarayoni o'rtacha 7-10 kun davom etadi.

Shilinish va qirilishlar bitishi bosqichlari

Shilinish va qirilishlar bitishining tabiiy mexanizmi mavjud. U jarohatni yopish va organizmga infeksiya tushishining oldini olish uchun jarohat sodir bo'lgandan so'ng darhol ishga tushadi.

To'liq bitish vaqtini qisqartirish uchun shifokor yozib bergan dori vositalaridan foydalanish kerak. Yuzdagi yoki tanadagi shilinish va qirilishlarga qarshi kremni muntazam qo'llash terining tezroq tiklanishiga yordam beradi, chandiq paydo bo'lish ehtimolini kamaytiradi.

Shilinish va qirilishlar bitishi bosqichlari

Yuqorida belgilanganidek, shilinish - teri qoplamining yengil shikastlanishi. Uning bitishini quyidagicha ta'riflash mumkin:

  • Boshlang'ich davr. Shilinish yuzasi nam, lekin asta-sekin quriydi. U sog'lom teri qoplamlaridan pastroqda joylashadi.
  • Qobiq hosil bo'lish davri. Jarohat olgandan so'ng 1-2 kun o'tib kuzatiladi va 2-4 kun davom etadi. Avval qo'tir shikastlanmagan teri bilan bir xil tekislikda joylashadi, keyin esa uning ustidan ko'tarila boshlaydi.
  • Qobiq ostida epiteliylashish davri. Qo'tirning chekkalari asta-sekin ko'tariladi, joyidan ko'chadi. 7-10 kundan keyin qobiq tushadi.
  • Shilinish izi davri. Qo'tir tushganda, och-pushti rangdagi silliq dog' qoladi. U 10-15 kundan keyin bilinmas bo'lib qoladi.

Aytilgan muddatlar o'rtacha hisoblanadi - shilinishlar bitishi jarayoni tez ham, uzoq ham bo'lishi mumkin. Bu qirilishlar joylashishi va o'lchamlariga, infeksiya qo'shilishiga, bemor yoshi, unda boshqa kasalliklar borligiga bog'liq.

Jarohatlar bitish jarayoni

Shilinish va qirilishlar bitishi tezligiga ta'sir qiladigan kasalliklar

Shilinishlarda birinchi yordam malakali ko'rsatilgan bo'lsa, bitish odatda asoratlarsiz kechadi. Lekin shinday vaziyatlar bo'ladiki, qo'l, yuz yoki tanadagi qirilish uzoq vaqt bitmaydi - 3-5 kundan ortiq yallig'langan ko'rinishda bo'ladi, teginganda og'riqli, qonaydi, undan sariq suyuqlik, yiring ajralib chiqadi. Bunday asoratlarga ba'zi kasalliklar olib kelishi mumkin:

  • ekzema;
  • psoriaz;
  • qandli diabet;
  • onkologiya.

Shunisi ham aniqlanganki, agar bemorda qonda gemoglobin darajasi past bo'lsa, oldin o'tkazilgan kasallikdan so'ng immun tizimi juda sustlashgan, vitamin va mikroelementlar yetishmovchiligi, ozish bo'lsa, zamonaviy vositalar, masalan jarohatlar va shilinishlar bitishida kremlar, har doim kutilayotgan samarani bermaydi.

Shilinish va qirilishlarga ishlov berish va ularni davolash

Birinchi yordam qanchalik tez ko'rsatilsa, jarohatga mikroblar kirishi xavfi shuncha kamroq. Zarur:

  • Shikastlangan terini sovuq qaynatilgan suv yordamida bolalar yoki antiseptik sovun bilan yuvish.
  • Shilingan joyga steril doka sochiqchani botirib olish.
  • Jarohat bitishiga yordam beradigan kremni surish.
  • Steril tampon qo'yib, bint bilan mahkamlash. Shuningdek qirilishga bakterisid plastirni yopishtirib qo'yish mumkin.

Agar shilinish yoki qirilish uzoq vaqt bitmayotgan, og'riyotgan bo'lsa, antibiotiklar qabul qilish bo'yicha shifokor bilan maslahatlashish kerak. Ba'zi vaziyatlarda yuzdagi, qo'l-oyoqlardagi, tanadagi shilinishlar sekin bitayotganing asl sababini aniqlash uchun bemorga laborator tahlillar topshirish buyuriladi.

Shilinish va qirilishlar bitishini tezlashtirish uchun shifokorning barcha tavsiyalarini bajarish, steril bog'lamni o'z vaqtida almashtirish, jismoniy faollikni kamaytirish muhim. Shuningdek jarohatlar bitishida yordam beradigan, maxsus qayta tiklash ta'sirini ko'rsatadigan kremlarni qo'llash ham ahamiyatga ega, masalan, «Bepanten Plyus».

Vosita tarkibiga kiradigan Provitamin B5 shilinishlar, teri bezovtaligidan yoriqlarda, yengil kuyishlarda, surunkali yaralarda o'z samarasini isbotladi. «Bepanten Plyus» kremi tarkibidagi antiseptik xlorgeksidin odatda terida mavjud yoki jarohat ifloslanishi tufayli unga tushib qolgan bakteriyalarni yo'q qilishga javob beradi.

Yuzdagi shilinishlar bitishining o'ziga xosliklari

Yuzdagi qirilishlarni qanday qilib tez davolashni bilmasdan, ba'zilar kosmetika vositalari - upa, tonal krem, barcha bor korrektorlar yordamida terining nuqsonini yashirishni boshlashadi. Shifokorlar bunday yo'l tutishni tavsiya berishmaydi, ayniqsa jarohat olgandan so'ng birinchi kunlarda. Kosmetika tarkibiga kiradigan qismlar terining qayta tiklash jarayonini sekinlashtirishi mumkin, qo'llanilayotgan yara bitishida yordam beradigan kremlar o'z kuchini to'liq namoyon qilishiga yo'l qo'ymaydi.

Yuzdagi shilinish yupqa qo'tir bilan qoplanishini kutish zarur, va faqatgina shundan keyin tonal asoslarga o'tish mumkin.

Asosida tayyorlangan:

Kuznesov N.A., Rodman G.V., Tumanov V.P. hammualliflari bilan. - Yaralarni davolash.-O'quv-uslubiy qo'llanma- M - RDTU - 2004 - 42b.

Ebner F., Heller A, Rippke F, Tausch I. Topical use of dexpanthenol in skin disorders. Am J Clin Dermatol. 2002;3(6):427-33.