Tatuirovkalar: shikastlangan terini to`g`ri parvarishlash

Mundarija:

  • Tatu bitishi jarayoni
  • Tatuirovkani chizgandan so`ng uni parvarishlash
  • Tatuirovka bitishi uchun vosita tanlash
  • Bitmagan tatuirovkani parvarishlash uchun «Bepanten Plyus» kremi
  • Bitish bosqichlari
  • Oldini olish
Tatuirovkalar

Tatuirovkani tushirish jarayoni terining qattiq shikastlanishi bilan bog`liq. Bitish asoratlarsiz kechisi uchun oldindan qanday kremdan foydalanish va qanday qoidalarga amal qilishni bilib olish kerak. Bu yallig`langan terini to`g`ri parvarishlash va tanadagi rasmni ko`p yillarga yorqin saqlab qolinishini ta`minlashga imkon beradi.

Tatu bitish jarayoni

Tatuirovka insonlarning terisiga turlicha ta'sir qiladi. Bitish qancha vaqtga cho`zilishini quyidagi omillarga bog'liq:

  • Rasmni qayerga chizilishi. Tatuning qorinda, sonlarda, dumbalarda yoki ko`kraklarda chizilgan bo`lsa tezroq bitadi. Agar bo`yin, to`piqlar, barmoqlar kabi qismlar ta`sir ostida qolgan bo`lsa - to`liq qayta tiklanish ko`proq vaqt olishi mumkin.
  • Rasm maydoni. U qancha katta bo`lsa, tiklanish davri shuncha uzun bo'ladi.
  • Chiziqlar qalinligi. Yupqa chiziqlar tezroq bitadi, chunki ularda bo`yoq kamroq. Odamning individual xususiyatlarini, uning yoshini, surunkali kasalliklar mavjudligi va hokazolarni ham hisobdan chiqarmaslik kerak.

Tatuirovkani chizgandan so`ng uni parvarishlash

Bo`yovchi pigmentning yo`qolishi minimal bo`lishi va tatuni bir necha yil farq bilan qilingan "avvalgi" va "keyingi" suratlari bir xil bo'lishi uchun birinchi kunlarda shikastlangan terini to`g`ri parvarishlash muhimdir. Mutaxassislar turlicha yondashishi mumkin, lekin umumiy qabul qilingan tavsiya:

  • Kechqurun yoki keyingi kuni tatu ustasi yopishtirgan himoya qobig`ini yechish zarur. Ba'zilar so`ngra bakteriyalarga qarshi sovun bilan shikastlangan terini yuvishni tavsiya qilishadi. Tatu tushirilgan tana qismini ishqalash mumkin emas, issiq vannada yotish ham zararli.
  • Gigiyenik muolajadan keyin namlikni toza sochiq bilan olib tashlash va rasmga bitish uchun maxsus krem bilan ishlov berish kerak.

Hech qanday vaziyatda tatuirovkani qichish va ko`chayotgan (sho`ralayotgan) terini atayin tushirish mumkin emas. Shuningdek rasm chizilgandan keyin birinchi 7 kun hammom, sauna, hovuzga borish, ochiq suv havzalarida suzish, quyoshda toblanish tavsiya etilmaydi.

Tatuirovka bitishi uchun vosita tanlash

Tatuirovkaga yallig`lanishga qarshi krem bilan birinchi marta ishlov berish salonda amalga oshiriladi. Tatu ustasi tayyor rasmni ko`rsatadi va mujozning roziligini olgach unga davolovchi vosita suradi, ustidan himoya qobig`ini yopishtiradi.

Keyinchalik ishlov va yallig`langan terini kuniga 1-2 marta parvarish qilishda foydalanish uchun yarani bitishida yordam beradigan krem sotib olish kerak. Dori vositasini tanlashda uning tarkibiga bir yoki bir nechta ta'sir etuvchi modda kirganligiga e`tibor berish kerak:

  • Qayta tiklaydigan tarkibiy qismlar, masalan, provitamin B5. Bu yarani bitishida yordam beradigan eng samarali tarkibiy qismlardan biri. Shikastlangan to`qimalarda moddalar almashinuvi jarayonlarining yaxshilanishida ko`maklashadi va shu tufayli teri tezroq tiklanadi.
  • Bakteriyalarga qarshi birikmalar, masalan, shikastlangan terining infeksiyalanishini oldini olishga imkon beradigan xlorgeksilin.

Tatuirovka bitishi uchun yordam beradigan krem tarkibida shikastlangan terini qichituvchi xususiyatga ega bo`lgan atir va bo`yoqlar bo`lmagani yaxshi.

Bitmagan tatuirovkani parvarishlash uchun «Bepanten Plyus» kremi 

Bitmagan tatuirovkaga ishlov berish uchun «Bepanten Plyus» kremi ishlatilishi mumkin. Tarkibida provitamin B5 va xlorgeksidin borligi hisobiga u yallig`langan terini dezinfeksiyalaydi, regeneratsiya jarayonlarini tezlashtiradi. Uning sovituvchi ta'siri og`riqni kamaytiradi.

«Bepanten Plyus» kremi oson suriladi va tez singadi, kiyim va terida yog`li izlar qoldirmaydi.

Bitish bosqichlari

Salondagi ustalar odatda mujozlarga tatuning bitish jarayonini quyidagicha izohlab berishadi:

  • Birinchi kun. Teri shishgan, yallig`langan. Uning yuzasida bo`yovchi modda aralashmalari bilan shilimshiq kuzatiladi. Bu ba`zilar o`ylaganidek teridan bo`yoqning yuvilib chiqishi emas, balki bo`yalgan qonli sariqsuv.
  • Ikkinchi kun. Sariqsuv ajralishi to'xtaydi . Teri bo`yovchi moddaga ko`nikishni boshlaydi. Tortilgandek yoqimsiz his paydo bo`lishi mumkin. Bitishda qo`llaniladigan kremlar yordam berishi mumkin, masalan, Bepanten Plyus.
  • Uchinchu kun. Tatuirovka ustidan uncha qalin bo`lmagan po`stcha hosil bo`ladi. U qattiq qichishishi mumkin. Uni shilish va qichish mumkin emas. Noqulaylikni yo`qotish uchun yallig`langan joy ustidan kaft bilan atayin urish mumkin va unga yarani bitiradigan krem sursa bo`ladi.
  • To`rtinchi-oltinchi kun. Qoplam o`rniga «qipiq» hosil bo`ladi - teri qattiq qipiqlanadi. Rasm rangi xiralashadi (lekin bu vaqtinchalik!). «Qipiq»ni shilish kerak emas - u o`zi tushib ketishi kerak.

Tatu qichishish va qipiqlanishdan to`xtaganida, uni teginganda uning atrofidagi sog`lom teri bilan bir xil tuyilib qolganda, muvaffaqiyatli bitish haqida gapirish mumkin.

Oldini olish

Tatuirovkani chizgandan so`ng terining kuchli yallig`lanishini oldini olish uchun quyidagi qoidalarni yodda tutish zarur:

  • Salon ustasi bergan tavsiyalarga rioya qilish.
  • Shikastlangan teriga har kuni yara bitishida yordam beradigan krem bilan ishlov berish.
  • Tatuirovka tushirilgan sohaga ehtiyotkorona munosabat. Yallig`langan terini qichish, ishqalashga ruxsat berilmaydi.
  • Bitmagan tatuirovkani tozaligini saqlash, uni quyoshdan asrash.

Shuningdek, organizm unga kerakli vitamin va minerallarni qabul qilishi uchun to`g`ri ovqatlanish ham muhim. Bu qayta tiklanish jarayoniga ijobiy ta'sir qiladi.