Bepnaten - dermatitda yordam
Mundarija:
- Dermatitni nima keltirib chiqaradi?
- Dermatitni davolash
- Bepanten qanday qilib deramtitda yordam beradi?
Ko'p sabablar tufayli pado bo'ladigan va turlicha namoyon bo'ladigan terining yallig'lanishi dermatit deyiladi. Bezovtalik noqulaylik chaqiradi, lekin terini medikamentlar bilan birgalikda asrab parvarishlash bu holatdan qutilishga yordam beradi1
Dermatitni nima keltirib chiqaradi?
Terining bezovtaligi ko'p omillar sababli yuzaga kelishi mumkin, shuning uchun shifokorlar ularni dermatit turlariga ko'ra ajratishadi, davolash tamoyillari bir xil bo'lsada1:
- Kontaktli dermatit- qizil qichishadigan dog'lar bilan namoyon bo'ladi. Bunday reaksiya zaharli o'simliklar, metallar, bo'yoq, kosmetika, dori vositalari tarkibidagi kimyoviy moddalar tufayli paydo bo'ladi;
- atopik yoki ekzema - allergiya, astma va epidermisning tez-tez shikastlanishi tufayli yuzaga keladigan irsiy kasallik;
- seboreyali yoki kepakli ko'pchilik terisida yashaydigan zamburug'lar yuzaga keltiradi, lekin stress sharoitida ko'payishi kuchayadi va bezovtalikni qo'zitadi;
- dimlangan varikoz kasalligi fonida rivojlanadi va to'piqlarda paydo bo'ladi.
Ba'zi odamlarda bezovtalik boshqalarga qaraganda ko'proq paydo bo'ladi. Doim qo'llarini dezinfeksiyalashga majbur shifokorlar ekzemalardan aziyat chekishadi1. Sust immunitet seboreyali dermatit xavfini oshiradi2.
Dermatitni davolash
Dermatitni davolash dasturlarining ko'pchiligi quyidagilarni ichiga olgan1:
- bezovtalikni kamaytiradigan kortikosteroidli kremlar;
- immun tizimiga ta'sir qiladigan kremlar va losyonlar;
- fototerapiya.
Terini to'g'ri parvarishlash va sog'lom turmush tarzini ham davolashning bir qismi deb hisoblash mumkin.
Bepanten qanday qilib deramtitda yordam beradi?
Bepanten maxsulotlari orasida odatda jarohatlar va shilinishlarni davolashda qo'llaniladigan dekspantenol asosli kremlar va losyonlar bor. Lekin u teri kasalliklarida ham, jumladan dermatitda, samarali bo'lishi mumkin. Teriga tushganda dekspantenol teri jarayonlariga ijobiy ta'sir qiladigan pantoten kislotasiga aylanadi3.
Dekspantenol namlantiruvchi vosita rolini o'ynaydi: namlikni ushlab turadi, bu bilan teriga elastik va yumshoq bo'lib qolishda yoram beradi. U biriktiruvchi tolalar - kollagen va fibroblastlar sintezini tezlashtiradi. Dekspantenolli vosita bilan 3-4 hafta davolangandan so'ng bezovtalik kamayisi mumkin3.
Kam hollarda dekspantenolga allergiya holatlari uchrab turadi, shuning uchun kremdan foydalanishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing va Bepanten yo'riqnomasini o'qib chiqing.
1. Dermatovenerologiya Milliy qo'llanma. Qisqa nashr / Yu. tahriri ostida S. Butov, Yu. К. Skripkina, O. L. Ivanova. - M.: GEOTAR-Media, 2013. — 896 b.
2. Olisova O.Yu., Davidovich M.I. Seboreyali dermatitni davolashga zamonaviy yondashuv // Rossiya teri va tanosil kasalliklari jurnali. 2014. №4, 32b.
3. Ebner F, Heller A, Rippke F, Tausch I.Topical use of dexpanthenol in skin disorders// Am J Clin Dermatol. 2002;3(6):427-33