Teri quruqligi: paydo bo'lish sabablari

Mundarija:

  • Quruq teri sabablari
  • Quruq teri belgilari
  • Davolash usullari
  • Oldini olish
     
Teri quruqligi: paydo bo'lish sabablari

Faqatgina nam teri yaxshi ko'rinadi va o'zining vazifalarini to'laqonli bajaradi. Suvsiz hujayradagi jarayonlar sekinlashadi, ularning bir qismi o'ladi, buning hisobiga epidermisning tarrangligi va himoya xususiyatlari susayadi. Doimiy tortilib qolganlik, sho'ralash, bezovtalik, qichishish hisi paydo bo'ladi, buning ustiga quruq teri tezroq qariydi. Namlikni yo'qotishning sabablari ko'p bo'lishi mumkin, lekin asosiysi bu muammoning yechimi bor1.

Quruq teri: sabablari

Tabiat terini qimmatli namligini yo'qotishdan ishonchli himoyani ta'minlagan: uning yuzasida yupqa lipid qoplamini hosil qiladigan epidermisning mustahkam muguzli qavati va yog' bezlari. Bu to'siq ikki tomonlama: u suvni chiqarib yubormaydi va organizmga mikroblar, toksinlar, allergenlar tushishiga to'sqinlik qiladi. Lipid qavat yetishmovchiligi - suvsizlanish sababi va yallig'lanish reaksiyalari (yuqumli, allergik) xavfini oshiradi . To'laqonli himoyadan mahrum bo'lgan teri tezroq qariydi: o'lgan hujayralar soni ko'pligidan rangi xiralashadi, tonusi kamayadi, ajinlar paydo bo'ladi1.

Lipid qavati kamayishi va namlik yo'qolishining sabablari ko'p. Yog' bezlarining faolligiga qarab terining har xil turlarini ajratishadi: quruq, yog'li, aralash. Teri yog'ining ishlab chiqarilishini endokrin tizim boshqaradi, shuning uchun hayot davomida tegishli fiziologik o'zgarishlar sodir bo'ladi: o'smirlik davrida yog' bezlari «ko'p ishlaydi» va aksincha ayollarda menopauzada faolligi sezilarli pasayadi. Teriga turmush tarzi, atrof-muhit omillari, so'g'lik holati ta'sir qiladi. Terining quruqligi sabablarini ichki va tashqilarga bo'lish mumkin2.

Tashqilar - atrof muhit ta'siri bilan bog'liq:

  • Havo sharoitlari: shamol, muz, quyosh nurlari lipid qavatni va namlik zahiralarini kamaytiradi;
  • Solyariyga tez-tez borib turish ham shunday ta'sir qiladi;
  • Uyda yoki ish joyida quruq havo, meyordan ortiq konditsionerlash epidermis yuzasidan bug'lanishni tezlashtiradi;
  • Terini noto'g'ri parvarishlash: agressiv kosmetik vositalar (sovun, spirtli losyonlar, skrab, pilinglar) lipid qoplamini yo'q qiladi;
  • Yuvish vositalarini qo'lqoplarsiz ishlatish - teri quruqligining ko'p uchraydigan sababi.

Ichki - tana holati bilan bog'liq1,2 :

  • Suyuqlikni kam iste'mol qilish: agar tanaga kam suv tushsa, teriga ham u yetmaydi;
  • Noto'g'ri ovqatlanish, kuchli diyetalarga rioya qilish, me'yordan ortiq shirinlik yeyish, gazli ichimliklar, kofe, alkogol maxsulotlari ichish yog' bezlari faolligiga ta'sir qiladi;
  • Vitaminlar (ayniqsa A va E), minerallar tanqisligi: butun tanada va shu jumladan terida almashinuv jarayonlari buziladi;
  • Teri kasalliklari (allergozlar, dermatitlar, psoriaz, bakterial va zamburug'li infeksiyalar);
  • Kasalliklar, ayniqsa endokrin va asab tizimiga oid, hazm qilish a'zolari kasalliklari yog' bezlari ishini va oziqa moddalari so'rilishini buzadi;
  • Ba'zi dori vositalarini uzoq vaqt davomida qabul qilish, masalan, nikotin kislotasi, diuretiklar, xolesterin darajasini kamaytiradigan preparatlar;
  • Chekish: nikotin to'qimalardagi suyuqlikni tutib turadigan gialuron kislotasini parchalaydi;
  • Buyraklar funksiyasining buzilishi - bu zaharli moddalari almashinuvning yig'ilishi bilan kechishi mumkin;
  • Qarish: yosh o'tgan sari yog' bezlarining faolligi pasayadi, almashinuv jarayonlarining jadalligi va qon aylanishi susayadi, gialuron kislotasining miqdori kamayadi.

Teri quruqligining belgilari 1,2

Agar teri quruq bo'lsa, bu yaqqol ko'rinadi: tortilganlik hisi, sho'ralash, yoriqlar paydo bo'ladi, bezovtalik va qichishish oson yuzaga keladi. Suvsizlanishning boshlang'ich bosqichlarida surat bunchalik bir xil emas. Yoshlikda quruq teri yog'liqdan ham yaxshiroq ko'rinadi: mayin, teshikchalar bilinmaydi. Teri qo'shimcha himoya va maxsus parvarishga muhtoj ekanligini tushunish uchun, oddiy test o'tkazish mumkin: barmoqlar bilan uning yuzasiga yengil bosib ko'rish. Agar chuqurchalar uzoq vaqt qolib ketayotgan bo'lsa, demak, teri quruq va o'ziga tegishli munosabatni talab qiladi, hattoki birinchi ko'rinishda hech qanday muammo yo'qdek tuyulsa ham.

Quruq teri: profilaktika va davolash

Terining quruqligi uni keltirib chiqargan sabablarga ko'ra umumiy yoki mahalliy bo'lishi mumkin. Kasalliklar, avitamonozlarda odatda butun teri quriydi, qo'llarda - yer, suv bilan ishlaganda, yuzdagisi - to'g'ri kelmaydigan kosmetikadan foydalanilganda. Tana terisining quruqligi sababi suvli muolajalarga bo'lgan ishtiyoq bo'lishi mumkin - lipid qavati yuvilib ketadi va tiklanishga ulgurmaydi.

Oldini olish

Teri quruq bo'lsa, nima qilish kerak? Birinchi o'rinda gidratatsiyaning kamayish sababini bilishga harakat qilish va unga ta'sir qilish kerak. Ba'zida terining holatini yaxshilash uchun uyga havoni namlantiruvchi qurilma qo'yishning yoki to'g'ri ovqatlanishni boshlashning o'zi yetarli. Surunkali kasalliklarda ularni davolash yoki hech bo'lmaganda barqaror remissiyaga erishish uchun shifokorga murojaat qilish kerak.

Quruq teri: profilaktika va davolash

Quruq terini tez tiklashga mahalliy namlantiruvchi vositalar yordam beradi. Ular tarkibi, ta'sir qilish tamoyili va, albatta, samarasi bo'yicha farq qiladi. Epidermisning himoya xususiyatlarini tiklash va uni namlik bilan to'yinishi uchun eng yaxshi vositalardan biri deb tarkibida Pantoten kislotasini (pantoten kislotasi maxsulotlari) saqlaydigan preparatlar tan olingan. Masalan, malham va krem ko'rinishida chiqariladigan Bepanten. Uning ta'sir etuvchi moddasi almashinuv jarayonlarida faol ishtirok etadi, epitelial hujayralar bo'linishini tezlashtiradi va ya'llig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi3,4. To'laqonli lipid qavati bilan qoplangan yangilangan epiteliy namlikni yaxshiroq tutib turadi va tashqi omillar ta'siriga qarshilik ko'rsatadi.

1. Tamrazova O.B. Quruq teri sindromi // Consilium Medicum. Dermatologiya (Ilova). 2014. №3. 8-14b.

2. Sirmays N.S., Sikin A.A., Kuznetsova Yu.K. Teri kserozi. Tashqi vositalar bilan muammoni hal qilish // KBS. - 2015. - №9. – 496-499b.

3. 25 nafar bolalarda Bepanten kremi qo'llanilganda, teri quruqligining klinik alomatlari 3 haftadan 6 haftagacha davom etgan davolash kursidan so'ng 6,5 martaga kamaydi. Revyakina V.A. Atopik dermatiti bo'lgan bolalarni davolashda Bepanten kremi ta'sir etuvchi moddasining samaradorligi va xavfsizligi // RTJ. - 2014. - №3. - 224-227b.

4. Ebner F., Heller A, Rippke F, Tausch I. Topical use of dexpanthenol in skin disorders. Am J Clin Dermatol. 2002;3(6):427-33.

5. Qandli diabeti bor 34 ta bemorda tana uchun namlantiradigan va oziqlantiradigan losyondan foydalanilganda 15-kunga kelib muguz qavatining namlik darajasi sezilarli yaxshilandi, bu terining tashqi ko'rinishi sog'lom bo'lishiga yordam berdi. Proksch E. Dexpanthenol-haltige externa zur pflege trockener haut bei diabetikern. Kosm Med. 2008;6:22–5.