Bepaten Malham Yo'riqnoma

Bepanten® ni tibbiy qo'llash uchun dori preparatini qo'llash bo'yicha yo'riqnoma

Ro'yxatga olish guvohnomasi: P N013984/01

Preparatning savdo nomi: Bepanten®

Dekspantenol.

Dori shakli: Tashqi qo'llash uchun malham.

Ishlab chiqarilish shakllari: 30 g, 50 g, 100 g

 

Tarkibi

1 g malham tarkibida ta'sir etuvchi modda: dekspantenol - 50mg; yordamchi moddalar: protegin X 50 mg, setil spirti 18 mg, stearil spirti 12 mg, asalari mumi oq 40 mg, lanolin 250 mg, yumshoq parafin oq 130 mg, bodom yog'i 50 mg, suyuq parafin 150 mg, tozalangan suv 1000 mg gacha.

 

Ta'rifi

Yumshoq elastik gomogen tiniq bo'lmagan malham och-sariq rangda lanolinning kuchsiz hidi bilan.

Farmakoterapevtik guruhi: To'qimalar qayta tiklanishining tezlashtiruvchisi.

Kod АТХ: D03АХ03.

 

Farmakologik xususiyatlari

Dekpantenol terida koenzim A ning tarkibiy qismi bo'lgan pantoten kislotasiga tez aylanadi va shikastlangan teri qoplamalarining shakklanishi hamda bitishida muhim rol o'ynaydi; teri qayta tiklanishi rag'batlantiradi, hujayra metabolizmini normallashtiradi.

 

Farmakokinetika

Tashqi qo'llanilganda teri orqali tez so'riladi va pantoten kislotasiga aylanadi, plazma oqsillari bilan bog'lanadi (asosan beta-globulin va albumin bilan). Pantoten kislotasi organizmda metabolizmga uchramaydi va o'zgarmagan holda chiqarib yuboriladi.

 

Qo'llash uchun ko'rsatmalar

Terining qoplamlari butunligi buzilganda uning quruqligini oldini olish va davolash. Bola terisi (taglik toshmalari va taglik dermatitida) va emizadigan onaning (emizish davrida sut bezini parvarishlash: so'rg'ichlar quruqligini va og'riqli yoriqlarni davolash) terisini parvarishlash va davolash. Terining mayda shikastlanishlarida, yengil kuyish, shilinish, teri bezovtaligi, surunkali yaralar, yotoq yaralar, yoriqlar va terini ko'chirib o'tkazishda bitish jarayonini faollashtirish.

 

Qarshi ko'rsatmalar

Bepanten®ni uning tarkibiy qismlariga sezuvchanlik yuqori bo'lsa, qo'llash kerak emas.

 

Homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llash

Bepanten®ni homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llash mumkin. Agar preparat emizish davrida so'rg'ichlar yoriqlariga ishlov berish uchun qo'llanilayotgan bo'lsa, ko'krak bilan emizishdan oldin u yuvib tashlanishi kerak.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Tashqi. Malham terining shikatalngan yoki yallig'langan joyiga kuniga 1-2 marta suriladi. Emizadigan onalar sut bezlarini parvarishlash: malham har emizgandan keyin so'rg'ichlarga suriladi. Ko'krak suti bilan emizikli yoshdagi bolani parvarishlash: malham har safar taglik (taglik) almashtirilganda suriladi.

 

Dozaning oshirib yuborilishi

Hattoki katta dozalarda ham dekspantenol tana tomonidan yaxshi qabul qilinadi va nojo'ya ta'sirlar keltirib chiqarmaydi. Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborish holatlari ro'yxatga olinmagan. Gipervitaminoz holatlari no'malum.

 

Nojo‘ya ta‘siri

Allergik reaksiyalar: (eshakemi, qichishish).

 

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘sir holatlari noma'lum.

 

Alohida ko'rsatmalar

Ko'zga tushishidan ehtiyot bo'ling.

 

Chiqarilish shakli

Tashqi qo'llash uchun 5% malham. 3,5 g, 30 g, 50 g yoki 100 g dan polietilen bo'yinchali va alyumin qog'ozdan qilingan membranali, membranani teshish uchun o'tkir uchli buraladigan polipropilen qalpoqcha bilan yopiladigan, laklangan alyumin idishda. Har bir idish qo'llash uchun yo'riqnoma bilan karton qutiga joylashtiriladi.

 

Saqlash shartlari

25 ° C dan yuqori bo'lmagan haroratda. Bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil. Yaroqlilik muddati o'tganidan keyin foydalanilmasin.

 

Chiqarilish shartlari:

Reseptsiz.

 

Ishlab chiqaruvchi

Ro'yxatdan o'tkazilgan guvohnoma egasi: «BAYER» AJ, Rossiya
Ishlab chiqarilgan: Grensax Produksions GmBx DK, Emil-Barell-Shtrasse 7, 79639
Grensax-Vilen, Germaniya

Iste'molchilar da'volarini qabul qiluvchi tashkilot:

«Bayer» AJ, Rossiya
107113, Moshkva sh. , 3-Ribinskaya k., 18-uy, 2-bino
Tel.: +7 (495) 231-12-00
Faks: +7 (495) 231-12-02

Yo'riqnomaning ushbu versiyasi 31.05.2019 dan kuchga kiradi