Bepanten Kremi
Bepanten Kremi
Bepanten Kremi - teri quruqligini davolash va profilaktika qilish uchun ko'p vazifali vosita.
Ma'lumot
Teri quruqligi eng keng tarqalgan alomatlardan biridir. Shunday qilib u atopik dermatiti bor bemorlarning deyarli 100% da uchraydi. Quruq teri psoriaz, seboreya dermatiti, ixtioz, qo'llar ekzemasi va shunga o'xshash kasalliklari bor bemorlarda uchraydi. 70 yoshdan oshgan odamlarning 75% ning terisi quruqligi aniqlangan, bu qarilar oyoqlari terisining qichishishi sababi hisoblanadi2. Bepanten Kremining teri quruqligi va qichishishga ehtiyotkorlik bilan ta'siri hayot sifatini yaxshilashga va sog'lik uchun yoqimsiz oqibatlarning oldini olishga yordam beradi.
Siz terining quruqligini davolash uchun Bepanten Kremini sotib olish tugmasini bosib, dori vositalarini tanlash servisidan sotib olishingiz yoki buyurtma berishingiz mumkin. O'sha yerning o'zida Bepanten preparatlari narxlari bilan tanishsangiz bo'ladi.
Maxsulotning dorixonalardagi oxirgi narxi va sonini bevosita sizning shahringizdagi dorixonalardan aniqlashtiring.
Xususiyatlari
Bepanten Krem quruq terini tiklashi isbotlangan - shunchaki uni namlabgina qolmasdan, terining chuqurroq qavatlariga kirib boradi va hujayralarning o'z-o'zini tiklash jarayonini yo'lga qo'yadi. Klinik tadqiqotlarda Bepanten Kremining namlikni yo'qotishdan asrashi va terining himoya xususiyatlarini yaxshilashi, quruqlikning namoyon bo'lishini 90% dan ko'proqqa kamaytirishi ko'rsatilgan11.
- Terining namlikni saqlab turadigan tabiiy himoya to'sig'ini mustahkamlaydi.
- Yuqori xavfsizlikka ega - bolalarda, homilador va emizadigan ayollarda tug'ilgandan boshlab foydalanishga ruxsat etilgan.
- Teri va kiyimda izlar qoldirmasdan yaxshi singadi.
Asosiy tarkibiy qismlar
Bepanten Kremning davolovchi ta'siri uning tarkibidagi yangi hujayralar hosil qilish jarayonini tezlashitirshga qodir Provitamin B5 hisobiga erishiladi. Bu tarkibiy qism terida sodir bo'layotgan almashinuv jarayonlariga faol kirishadi va himoya to'sig'ini tiklashga yordam beradi. Provitamin B5 ning bunday ta'siri hisobiga Bepanten Kremi terining g'adir-budurligini ahamiyatli kamaytiradi, shuningdek qichishish va qizarishni kamaytirish qobiliyatiga ega1.
Bepanten Kremi teri juda quruq va yorilgan sohalar, masalan tirsak va tizzalar, uning bitishi uchun a'lo darajada to'g'ri keladi. Bepanten Kremi teriga uni egiluvchan va tarrang qilib, so'glom ko'rinishni qaytaradi.
1. Ebner F., Heller A., Rippke F., Tausch I. Topical use of dexpanthenol in skin disorders. Am J Clin Dermatol. 2002; 3 (6): 427–33.
2. Macharadze D. SH. Teri kserozi: dermatologiya muammosi, Davolovchi shifokor, № 06/09.